Kelgusi yildan barcha maktablarda xalqaro darajadagi darsliklar ijara asosida beriladi
O‘zbekistonda 2022 yildan barcha maktablarda xalqaro darajadagi darsliklar ijara tizimi asosida beriladi. Bu haqda xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov ma'lum qildi.
![](https://storage.kun.uz/source/7/As-SOA6n7TfooV187CpglaLDuHz-Sadt.jpg)
Videodan kadr
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, USAID’ning 10 mln dollar granti hisobiga Cambridge University Press tomonidan respublika maktablarining barcha sinflari uchun ingliz tili va AKT bo‘yicha darsliklar 200dan ortiq maktablarda tajriba sinovdan o‘tkazilgan va ularni chop etish huquqi O‘zbekistonga taqdim etilishi rejalashtirilgan.
“Kuni kecha prezidentimiz tomonidan kelgusi yil davlat budjetida darsliklarni chop etish uchun mustaqillik yillaridagi eng katta miqdordagi mablag‘larni nazarda tutish topshirildi”, deb yozadi Sherzod Shermatov.
Ta'kidlanishicha, Amazon kabi internet do‘konlaridan bunday kitoblar sotib olinmoqchi bo‘lsa, 1 donadan o‘quvchi kitobi va mashq daftari birgalikda 30-60 dollar atrofida, o‘qituvchi kitobi esa 50-100 dollar atrofida turadi.
“Albatta, bunday narxlar 6,3 milliondan ortiq o‘quvchilarimiz oilalari uchun juda qimmatlik qiladi. Shu sababli, prezidentimizning kechagi topshiriqlari barcha maktablarimizda xalqaro darajadagi darsliklarni kelgusi yilda hamyonbop narxda ijara tizimi orqali olinishiga imkoniyat beradi”, deya aytib o‘tdi xalq ta'limi vaziri.
Ma'lumot uchun, kelgusi yilga rejalashtirilgan davlat budjeti loyihasida ta'lim va tibbiyot tizimiga 58 trillion so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.
1 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022 yil uchun budjet parametrlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari bu mablag‘ga qo‘shimcha tarzda yana 12 trillion so‘m ajratish taklifini bildirdi. Bu mablag‘lar 55 ta yangi dasturni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Jumladan, chekka joylarda 1 600 ta bolalar bog‘chasi tashkil etish, Milliy ta'lim dasturi doirasida 40 ta yangi maktab qurish va 235 tasini ta'mirlash, darsliklarni yangilash va kompyuter sinflari ochish kabilar reja qilingan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:19 / 13.02.2025
Tramp va Mask demontaji: USAID o‘rnini Xitoy egallamoqda
Jahon | 16:35 / 13.02.2025
Ka’ba atrofida rasmga tushish taqiqlandimi?
Jamiyat | 14:35 / 13.02.2025
Tramp Putin va Zelenskiyga telefon qildi. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:32 / 13.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya hududiy yon berishi va armiyasini qisqartirishi kerak - Kellogg
Jahon | 23:59 / 15.02.2025
-
O‘nlab rossiyalik oligarxlar sanksiyalardan qutulishga muvaffaq bo‘ldi
Jahon | 23:56 / 15.02.2025
-
AQSh va Rossiya rasmiylari Tramp-Putin muzokaralariga tayyorgarlikni boshlaydi
Jahon | 23:30 / 15.02.2025
-
Zelenskiy foydali qazilmalar bo‘yicha AQSh bilan kelishuvni nega imzolamaganini tushuntirdi
Jahon | 23:15 / 15.02.2025
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/_NKeYovhQtJNheBQCouDNO5jaAeqYIJM_medium.jpg)
08:40 / 08.02.2025
Toshkentda uy-joy uchun ijara narxi arzonlashishda davom etmoqda
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/-yWRjcFPPzCTfq1RY7ncQnS1Apu7d9cl_medium.jpg)
11:50 / 17.01.2025
O‘quv muassasalari oshxonalari E-auksion orqali ijaraga beriladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/MapeVxdMC6AF59VV5XMAm7ovP1P5S7Oe_medium.jpg)
11:18 / 16.01.2025
Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtirildi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/Z8-662_O78Xz0agQA0zWgzlhJ1bufEC9_medium.jpg)
11:50 / 10.01.2025