14:33 / 10.02.2023
18618

Baxmutda qolganlar hayoti, Lvivda qochqinlar shaharchasi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 351-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Volodimir Zelenskiy Yevropa parlamentida chiqish qildi va Yevroittifoqni Ukrainaga harbiy yordamni oshirishga chaqirdi. Uchrashuvdan keyin prezident qiruvchilar yetkazib berish masalasida «ma’lum ijobiy yechimlar» borligini aytib o‘tdi.
  • Rossiya armiyasining Ukrainaga bosqin boshidan buyon halok bo‘lgan generallari soni 20 nafardan oshgan. Yaponiya razvedkasi AQSh va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlikda olingan ma’lumotlarga asoslangan holda shunday raqamlarni keltirgan.
  • Rossiya harbiylari amalda Luhansk oblastida keng ko‘lamli yurishni boshladi. Bu haqda region harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, RF armiyasining asosiy e’tibori Kreminna yo‘nalishiga qaratilgan, ammo Rossiya bu yerda muvaffaqiyatga erisha olmayapti.

Kun kadri. Donbassdagi ukrain artilleriyachilari 

Donetsk oblastida kun botishi chog‘ida Ukrainaning o‘ziyurar gaubitsasi. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko so‘nggi kunlarda butun front chizig‘i bo‘ylab harbiy harakatlar eskalatsiyasi kuzatilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, regiondagi shahar va qishloqlar yanada intensivlik bilan o‘qqa tutilmoqda. Shu bilan birga Kirilenko Rossiyaning yurishlari hozircha muvaffaqiyat keltirmayotgani va Ukraina armiyasi RF qo‘shinlari hujumlarini qaytarayotganini qayd etgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Qamaldagi Baxmut hayoti

Rossiya qo‘shini Donetsk oblastidagi Baxmut shahrini 2022 yil iyulidan buyon qamal qilmoqda, ammo shaharni ololmayapti. Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari uni strategik ahamiyati tufayli emas (prezidentning qayd etishicha, shahar yarim yillik qamal chog‘ida «butkul vayron bo‘lgan»), balki Rossiya Baxmutni egallagach, «yanada uzoqroqqa borishni xohlab qolishi»ga yo‘l qo‘ymaslik uchun mudofaa qilmoqda.
Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmut aholisi vakillari ko‘chalarni tozalamoqda va o‘tin kesmoqda
Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmutdagi yerto‘lalardan biridagi mahalliy aholi vakillari
Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmut ko‘chalaridan birida yonib ketgan avtomobillar
Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Tungi Baxmutning ko‘rinishi
Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Yampildan evakuatsiya

 

Yampil posyolkasi Donetsk va Luhansk oblastlari chegarasida, Ukraina nazoratidagi Slovyansk shahridan taxminan 30 kilometr sharqda joylashgan. 2022 yil aprel oyi oxiridan sentabr oyi oxirigacha Yampil Rossiya istilosi ostida bo‘lgan. Ukraina qurolli kuchlari posyolkani ozod etganiga qaramay, RF armiyasi Donbassda yirik qarshi hujum boshlashi kutilayotgani tufayli rasmiylar bu yerdan tinch aholi vakillarini imkon qadar tezroq olib ketishga urinmoqda.

Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA

Lvivdagi modul shaharcha

Keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon Ukrainaning nisbatan xavfsizroq bo‘lgan g‘arbiy qismida joylashgan Lviv mamlakatning boshqa regionlaridan yuz minglab qochqinlarni qabul qildi. Shahar ma’muriyati imkon qadar ko‘proq odamni boshpana bilan ta’minlash uchun modul shaharchalar barpo etgan — bu tayyor konstruktiv elementlardan tiklangan kichik uylar majmuasidir. Quyidagi fotosuratlarda aks etgan shaharcha uchun zarur vositalar Polsha tomonidan taqdim etilgan.

Roman Baluk / Reuters / Scanpix / LETA
Roman Baluk / Reuters / Scanpix / LETA
Roman Baluk / Reuters / Scanpix / LETA
Roman Baluk / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top