ISW’ning sönggi tahliliy şarhida aytilişiça, sönggi bir hafta içida Rossiyaning Luhansk viloyati ğarbidagi Svatovo-Kremennaya liniyasi böylab operatsiyalari sur’ati sezilarli darajada oşgan. 

«Rossiya harbiy qömondonligi Svatovo-Kremennaya çiziği böylab hal qiluvçi hujum operatsiyalarini ötkaziş uçun bir neça oddiy diviziyalar bölinmalarini töliq jalb qilgan körinadi», - deydi harbiy tahlilçilar. 

76-havo-desant diviziyasi va Janubiy harbiy okrugning aniqlaştirilmagan bölinmalari tomonidan qöllab-quvvatlangan 144- va 3-motoöqçilar diviziyalarining bir neçta polklari va 90-tank diviziyasining polklari butun Svatovo-Kremennaya çiziği böylab oldinga siljişmoqda va xabarlarga köra, Ukraina mudofaasini örab olmoqda, deb yozadi institut mutaxassislari.

Qayd etilişiça, bu hududdagi hujum operatsiyalarida kamida uçta yirik Rossiya diviziyasining muhim bölinmalari mavjudligi, hatto Ukraina kuçlari duşmanga yirik muvaffaqiyatga erişişga yöl qöymagan bölsa ham, Rossiya hujumi boşlanganidan dalolat beradi.

Şu bilan birga, ISW Rossiya kuçlarining oldinga siljişi hali töliq miqyosli emas deb hisoblaydi, çunki yanvar oyida Belarusdan Luhansk viloyatiga köçirilgan 2-motoöqçilar diviziyasi bu operatsiyaga jalb etilmadi.