Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlarini Ukrainani qiruvçi samolyotlar va boşqa zarur qurollar bilan ta’minlaşga çaqirdi. Zelenskiy 9 fevral, payşanba kuni Bryusselda bölib ötgan Yevropa Ittifoqi sammitida «Kiyev haqiqatan ham öq-dorilar, zamonaviy tanklar, uzoq masofali raketalar va jangovar samolyotlarga muhtoj», dedi.
Uning sözlariga köra, yangi yetkazib berişni Rossiya yangi hujumlar uçun kuç töplaşdan oldin boşlaş kerak. «Biz hamkorlik dinamikasini tezlaştirişimiz kerak, biz tajovuzkordan tezroq bölişimiz kerak», dedi u. Zelenskiy, şuningdek, öz mamlakatining Rossiya bosqiniga qarşi kuraşining Yevropa uçun ahamiyatini ta’kidladi va «erkin Ukrainasiz erkin Yevropani tasavvur qilib bölmaydi» deb ta’kidladi.
Ukraina prezidenti «bu voqea Yevropaning boşqa joylarida ham takrorlanişi mumkin», deya ogohlantirdi. Rossiya hujum qiliş qobiliyatiga ega, dedi u, boşqa narsalar qatori kiberhujumlar va Moskva tomonidan maqsadli notöğri ma’lumotlarga işora qilib. Zelenskiy Moskvaning Moldovani bosib oliş rejasini keltirdi. Uning sözlariga köra, Ukraina maxsus xizmatlari tegişli hujjatni aniqlagan va Moldovada demokratik tartibni qanday va qaçon buziş, bu davlat ustidan Rossiya nazoratini örnatiş rejalaştirilayotgani haqida ma’lumotga ega bölgan. Ukraina prezidenti bu ma’lumotlarni Moldova prezidenti Mayya Sandu bilan muhokama qilganini va Rossiyaning Ukrainaga nisbatan ham xuddi şunday rejasi bölganini qöşimça qildi.
Şu bilan birga, Zelenskiy Yevropa Ittifoqini Rossiya yadro sanoati, şuningdek, dron işlab çiqaruvçilari va IT-sektoriga qarşi sanksiyalar joriy etişga çaqirdi. U Rossiyaning raketa terrori tahdidiga, şuningdek, Rossiyaning Yevropadagi yadroviy falokat tahdidiga işora qilib, bu tahdid manbasini yöq qiliş kerakligini aytdi.
Agar Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlari Ukraina uçun uzoq muddatli xavfsizlikni ta’minlay olişsa, unda ularning «nomlari Robert Şuman va Jan Monne nomlari bilan birga tarixda qoladi (birlaşgan Yevropaga asos solgan siyosatçilar)», deb işonç bildirdi Zelenskiy. Uning sözlariga köra, sönggi bir yil içida Yevropa kuçaydi. Ukraina prezidenti yevropaliklarga Ukrainani qöllab-quvvatlaganliklari uçun yana bir bor minnatdorçilik bildirdi. Sammit iştirokçilari Zelenskiyni juda iliq kutib olişdi, deyiladi axborot agentliklari xabarida.


















