20 Mart

O‘tgan yil dekabrida u Jizzaxda duduqlangan bolani qo‘rqitish usulida davolashga uringani aks etgan video tarqalgandi.

16 Mart

Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan. To‘qnashuv oqibatida yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

14 Mart

Sharof Rashidov va Forish tumanlari iste’molchilari (1 ming 600 ta) elektr ta’minotidan qisman uzilgan.

12 Mart

O‘zbekistonning uch hududida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi.

Samarqand viloyatida 13,7 ming, Jizzax viloyatida esa 2,2 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotisiz qolgan. Hududlardagi kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari ham elektr ta’minotidan uzilgan.

29 Fevral

Qurilishi tugallanmagan 6 qavatli uyning qulab tushishi ortidan sheriklari (qarindoshlari) bilan birga tergovga tortilib, 2021 yil dekabrda 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan sobiq amaldor ayni damda ochiqda. Akrom Rahmonqulovning qanday asos bilan ozodlikka chiqarilgani aniq emas. Jizzaxdagi bozorda unga tegishli 152 ta do‘kon sotuvga qo‘yilgan.

25 Fevral

Cobalt qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan va o‘z yo‘lidan kelayotgan Nexia-3ʼga urilgan.

23 Fevral

Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida 24 ta xonadon uchun 37 nafar fuqarodan pul undirgan MChJ rahbari aniqlandi.

22 Fevral

Bir hafta avval oilaviy nodavlat MTTning qarovsiz qoldirilgan uch nafar tarbiyalanuvchisi ko‘chaga chiqib ketgan va 3 yoshli qiz bog‘chadan 1 km uzoqlikdagi fermer xo‘jaligi arig‘idan jonsiz holda topilgandi. Bog‘cha yopildi.

23–29 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo harorati o‘zgarishi sababli O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

21 Fevral

Samarqand, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida noqonuniy ravishda yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.

20 Fevral

Mirzacho‘l tumaniga uch yildan buyon hokimlik qilib kelgan Sherzod Ahmedov ishdan ketdi.

Ko`proq yangiliklar
Top