Boş prokurorning buyruğiga asosan adliya katta maslahatçisi Baxtiyor Toyirjonoviç Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Baxtiyor Ibrohimov muqaddam Toşkent viloyati Çirçiq şahri prokurori lavozimida işlagan, Çirçiq şahrida joylaşgan Toşkent viloyati yuqumli kasalliklari şifoxonasi boş şifokori – Toşkent viloyati boş infeksionisti Guljahon Yöldoşevaga qarşi iş doirasida OAVga bergan intervyusida aybsizlik prezumpsiyasiga rioya qilmagani bilan e’tiborga tuşgandi.
U 2021 yil yanvarida Boş prokuraturaning boşqarma boşliği örinbosari lavozimiga ötkazilgan, sönggi vaqtlarda Boş prokuratura boşqarma boşliği lavozimida işlab kelgan.
Jizzax viloyati prokurori lavozimida 2017 yil noyabridan buyon esa Islomjon Ergaşxöjayev işlagandi. U 2023 yil martida Jizzax viloyati prokurori lavozimiga ikkinçi muddatga tayinlangandi.
- Bundan oldinroq 2023 yilning avgust oyidan buyon Andijon viloyati prokurori lavozimida işlab kelgan Marufxon Xöjayev «Hududgazta’minot» AJ boşqaruv raisi lavozimiga ötgani xabar qilingandi.

















