Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda ikki kishi kuydirgiga chalinganlikda gumonlanayotganlik holatiga izoh berildi
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga ko‘ra, xonadonda so‘yilgan qoramol go‘shti va tuproqdan olingan namunalar tekshiruvlardan o‘tkazilganda kasallik qo‘zg‘atuvchisi aniqlanmagan.
“Markaziy studiya” dasturida Jizzax viloyati, Zafarobod tumani, Yorqin mahallasida yashovchi aka-uka O.A. va H.A. kuydirgi kasalligiga gumonlanib, shifoxonada davolanayotgani xabar qilingandi.
Unda aytilishicha, O.A. daladan qaytgan molini kasal bo‘lganlikda gumon qilib, o‘z xonadonida so‘yadi. Akasi H.A. esa unga yordamlashadi. Oradan bir necha kun o‘tgach ularning tanasida turli yaralar paydo bo‘la boshlagan.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, holat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi ishchi guruhi tomonidan joyiga borib o‘rganilgan.
O‘rganishlar davomida kuydirgi kasalligiga gumonlangan qoramol go‘shti va tuproqdan namunalar olingan. Namunalar Jizzax viloyati Hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat xavfsizligi davlat markazida mikroskopik, bakteriologik, biologik tekshiruvlardan o‘tkazilganda kasallik qo‘zg‘atuvchisi aniqlanmagan.
Mavzuga oid
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
13:55 / 11.12.2025
Jizzaxda bedarak yo‘qolgan IIB xodimi Bo‘stonliqdan topildi. U firibgarlikda gumonlanmoqda
22:21 / 06.12.2025
Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
14:14 / 02.12.2025