Avvalroq, Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida joylaşgan 16-boğçada tarbiyaçi bolalarni oyoq kiyimi bilan urgani va u bilan mehnat şartnomasi bekor qilingani haqida xabar bergandik.

Bolalar ombudsmanining ma’lum qilişiça, tarbiyaçi K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110- moddasi (qiynaş) 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Ma’lumot uçun, 2024 yil 20 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda boğça tarbiyaçisi bolalarni şippak bilan urgani tasvirlangan videolavha tarqalgan.

Işçi guruh tomonidan holat örganilganda bolalarni oyoq kiyim bilan urgan ayol Ğallaorol tumanidagi 16-boğça tarbiyaçisi ekani aniqlangan. 2024 yil 19 iyun kuni tarbiyaçi bilan mehnat şartnomasi bekor qilingan.

Özbekistondagi boğçalarda tarbiyaçilarning bolalarga kuç işlatişi va qiynaşi tez-tez uçrab turadi. Avvalroq, Çirçiqda boğça tarbiyaçisi bolani urib, hojatxonaga qamab qöygandi.

Toşkentda tarbiyaçi bola bilan qöpol munosabatda bölib, qölini kökartirgan, boşqa bir tarbiyaçi bolani urib, haqoratlagan, Xorazmda bolalarning yuziga urgan va ularning qöllariga igna sançgandi.