Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda talonchilik qilgan jinoiy guruh ushlandi
Jinoiy guruh ikkita holatda talonchilik sodir etgan. Hozirda ularning shu kabi jinoyatlarni boshqa viloyatlarda ham amalga oshirgani bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.

Foto: IIV axborot xizmati
Jizzax viloyatida “Gazel” haydovchisiga jarohat yetkazib, mashinadagi narsalarni o‘g‘irlagan va savdo do‘konida o‘g‘rilik qilgan jinoiy guruh qo‘lga olingan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, uch kishi M-39 Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati hududidan o‘tgan qismida yo‘l chetida to‘xtab turgan “Gazel” mashinasining oynasini sindirgan.
So‘ng haydovchini temir bo‘lagi bilan urib, unga jarohat yetkazgan va uning 350 ming so‘m puli hamda uyali aloqa vositasini tortib olgan.
Jabrlanuvchining IIBga murojaati asosida, tezkor qidiruv tadbirlari amalga oshirilib, gumon qilinuvchilardan birining shaxsi aniqlangan. Shuningdek, qonunbuzarlar Cobalt mashinasida harakatlanayotgani ayon bo‘lgan.
Darhol Cobalt kuzatuvga olingan va jinoiy guruh Jizzax hamda Navoiy IIB xodimlari tomonidan Navoiy viloyatida qo‘lga olingan. Bu paytda ular savdo do‘konida o‘g‘rilik qilayotgan bo‘lgan.
Gumon qilinuvchilar bilan o‘tkazilgan tergovga qadar surishtiruv davomida ushbu shaxslar M-39 avtomobil yo‘lida “Gazel” haydovchisiga nisbatan talonchilik qilishganini ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, Zarbdor tumanida joylashgan oziq-ovqat do‘koni oynasini sindirib, noutbuk, televizor hamda 1 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlagani isbotlangan.
Gumondorlar boshqa viloyatlarda ham shu kabi qonunbuzarliklar sodir etgani taxmin qilinmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.
Tavsiya etamiz
Sentyabrning o‘rtalari salqin, oyning uchinchi o‘n kunligi esa iliqroq o‘tishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 21:31 / 08.09.2025
Chiroyli avtoraqamlarni auksion orqali sotish amaliyoti bekor qilinadi
O‘zbekiston | 20:31 / 08.09.2025
Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi
Jamiyat | 20:27 / 08.09.2025
Iqlim o‘zgarishi jahonda go‘sht narxlarini oshirmoqda
Iqtisodiyot | 14:56 / 08.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Netanyahu Qatar va «terrorchilarni ushlab turgan» boshqa davlatlarga ultimatum qo‘ydi
Jahon | 23:47
-
Kamala Harris o‘z kitobida Jo Baydenni tanqid qildi
Jahon | 23:45
-
Neuralink miyasiga chip o‘rnatilgan 12 nafar bemor haqida xabar berdi
Fan-texnika | 23:15
-
Rossiya Ukrainaning 6 ming kv km hududini berishni talab qilmoqda – Vens
Jahon | 22:51
Mavzuga oid

21:20 / 05.09.2025
Jizzaxda qiymati 400 mln dollarlik O‘zbekiston-Xitoy innovatsion markazi quriladi

20:48 / 22.07.2025
Jizzaxning «Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimi qirg‘og‘ida turizm markazi barpo etiladi

14:38 / 22.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Zomin texnoparki maxsus sanoat zonasini borib ko‘rdi

12:36 / 08.07.2025