12:36 / 25.01.2016
13080

Alisher Navoiy nomidagi kinoteatrda "Baron" filmi uchun 1 kunda 4500ta chipta sotildi

17 yanvar kuni premera qilingan, rejissyor Rustam Sa'diyev tomonidan suratga olingan “Baron” kinokartinasi Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyi ("Panorama")da namoyish etilishi davom etmoqda. 23 yanvar kuni kinosaroy kassasida bu film uchun 4,5 mingta chipta sotilgan.

Qayd etish kerakki, bu film 2 qismdan iborat bo‘lgani uchun chipta narxi 10 ming so‘m qilib belgilangan. Taqqoslash uchun, kinosaroyda odatda boshqa filmlar uchun chiptalar 7 ming so‘mdan sotiladi.

"Baron" kinofilmi hali ekranlarga chiqmasidanoq tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otgan edi. O‘zbek kino san'ati tarixida eng yirik byudjyetli hisoblangan ushbu film namoyishi anshlag tarzda o‘tmoqda", deya yozadi “Darakchi.uz” sayti.

Muxbirning ma'lumot berishicha, tomoshabinlarning talab va istaklariga binoan 21 yanvardan e'tiboran Alisher Navoiy nomli kinosaroyning barcha o‘nta zalida faqat “Baron” filmi namoyish etildi. Kinosaroy xodimlari bunday voqea kinosaroy tarixida bo‘lmaganini ham alohida ta'kdlab o‘tgan. Kassa xodimlari 23 yanvar kuni “Baron” filmi uchun 4,5 mingta chipta sotilganini aytishgan.

“Baron” filmi shuningdek, “G‘uncha”, “Parus”, “Kinochilar uyi”, “Megaplanet”, “Prem'yer xoll” kabi kinosaroylarda ham namoyish etilmoqda.

Ma'lumot uchun, “Baron” kinofilmida hozirgi kunda nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda global muammoga aylangan asr vabosi-giyohvandlik illatining salbiy oqibatlari, narkobiznes vakillari hayot tarzi va faoliyati, daromad orttirish ilinjida narkotik savdosi bilan shug‘ullanayotgan kimsalarning minglab oamlar yostig‘ini quritayotgani va oxir-oqibat bu yo‘lning oxiri voy ekanligi mahorat bilan ochib berilgan.

Filmda bosh rollarni Javohir Zokirov, Ulug‘bek Qodirov, Shahlo Temirova, Dilnoza Kubayeva, Jamila G‘ofurova,Iso To‘rayev, Muhammadiso Abdulxairov, Ra'no Shodiyeva, Dilorom Egamberdiyeva, rossiyalik kinoaktyorlar Farhod Mahmudov, Adrey Smolyakov, Viktor Verjbitskiy, Andrey Priluchnyy, Gollivud aktyori Gassan Massud ijro etishgan. Film voqealari O‘zbekiston, Afg‘oniston, Rossiya va Tojikistonda bo‘lib o‘tadi.

“Baron”ning yopiq premerasidan so‘ng: taassurotlar va xulosalar

“Baron” filmining davomi suratga olinadimi?

“Baron”ning navbatdagi treyleri e'lon qilindi

Top