Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchisiz poyga mashinalari "Formula-1" trassasini bosib o‘tdi

Foto:motor.ru
"Formula-1" poygasining Buyuk Britaniya Gran-prisi o‘tkaziluvchi Silverstoun poyga trassasini Roborace poyga chempionati uchun yaratilayotgan, avtonom boshqaruv faollashtirilgan tizimlarga ega haydovchisiz poyga mashinalari bosib o‘tdi.
Bu holat tasvirlangan rolikla DevBot (Development Bot) deb nomlangan prototiplar trassa bo‘ylab avval poygachi boshqaruvida, so‘ngra haydovchi ishtirokisiz, avtonom boshqaruv faollashtirilgan tizimlar boshqaruvida yurgani tasvirlangan. Bu sinov yurishlari o‘tkazilayotgan vaqtda poygachi mashina ichida bo‘lgan.
Roborace chempionati o‘tkazilishi 2015 yil noyabrda ma'lum qilingan. Uning ta'sischilaridan biri Yota kompaniyasi asoschisi va Rossiya aloqa vazirining sobiq o‘rinbosari Denis Sverdlov hisoblanadi. Taxmin qilinishicha, 2017 yilda haydovchisiz avtomobillar poygalari ochiq g‘ildirakli elektromobillar poygasi "Formula-E"ni qo‘llab-quvvatlovchi poygalar bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mo‘ynoqdagi konda gaz sizib chiqishi ro‘y berdi
O‘zbekiston | 11:35
-
Isroil BMTning gumanitar yordamini G‘azoga yetkazish uchun yo‘laklar ochishga va’da bermoqda
Jahon | 09:57
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025