Ayni vaqtda yuz berayotgan global siyosiy jarayonlar Kaspiy atrofida ham geosiyosiy muvozanatning özgarişiga turtki bölayotgandek. Kaspiy dengizida Rossiya asosan Eron bilan birgalikda harbiy maşğulotlar ötkazayotgan bölsa, dengizga tutaş turk dunyosining ikki vakili — Ozarboyjon va Qozoğiston esa özaro hamkorlikni kuçaytirib, qöşma dengiz maşğulotlari orqali harbiy-siyosiy uyğunlikni namoyon etmoqda. Bu esa Kaspiy mintaqasini tobora köp qutbli, raqobatbardoş va murakkab geosiyosiy makonga aylantirayotgandek. Xöş, mintaqada davlatlarning qanday manfaatlari mavjud? Kun.uzʼning “Geosiyosat” loyihasida siyosiy tahlilçi Alouddin Komilov mavzuni xaritalar uzra tahlil qiladi.

Kaspiy dengizining geosiyosiy örni qanday

Alouddin Komilov: Agar xaritada Kaspiy dengizining joylaşuviga e’tibor qaratadigan bölsak, geosiyosiy va geosiqtisodiy jihatdan muhim joyda joylaşgan. Dengiz atrofida beşta davlat mavjud, bular şimolda Rossiya, şimoli-şarqiy qismida Qozoğiston, şarqiy qirğoqda Turkmaniston, janubda Eron va Ğarbiy sohilda Ozorboyjon joylaşgan. Hozirgi kunga kelib Kaspiy dengizi atrofidagi davlatlarning öziga xos bloklarga böliniş holati kuzatilmoqda. Birinçi blokda biz Rossiya va Eron örtasidagi ösib borayotgan hamkorlikni körsak, ikkinçi tarafdan turkiy davlatlar (Qozoğiston, Ozorboyjon va Turkmaniston) örtasidagi ortib borayotgan hamkorlikni körişimiz mumkin. Öz navbatida, agar tarixini oladigan bölsak, bu dengizni Rossiya bilan Eron nazorat qilgan. 1991 yil Markaziy Osiyo davlatlari, şu bilan birga Ozarboyjon mustaqillikka erişgandan söng bu hududni qaytadan taqsimlaş va nazorat qiliş böyiça kelişuv olib boriş masalasi kötariladi, 20 yildan ortiq davom etgan muzokaralardan söng, 2018 yilda Kaspiy dengizi havzasini muhofaza qiliş va uning huquqiy asosini yaratiş böyiça konvensiya qabul qilinadi. Bu konvensiya uşbu beş davlat örtasidagi munosabatni belgilab beradi. Şunday bölsa-da, konvensiyada ham asosiy ustunlik bu Rossiya bilan Eronga tegişli desak, adaşmagan bölamiz.

Kaspiy dengizining ahamiyatini oşib borayotganini köriş uçun biz Yevrosiyo xaritasiga e’tibor qaratişimiz kerak. Hozirgaça Yevropani şarqqa boğlaydigan ikkita transport yöllari bölgan, birinçisi, Rossiya hududi orqali ötadigan Trans-Sibir yöllari hisoblanadi. Bu Xitoydan boşlanib, to Yevropaga yetib borgan. Ikkinçisi esa dengiz yöllari hisoblanib, Xitoydan boşlangan va Malakka böğozi orqali ötib, Yaqin Şarqdan Yevropaga borgan. Lekin sönggi yillarda bölayotgan özgarişlar, geosiyosiy hodisalar bu ikki yölning xavfsizligini söroq ostiga qöyib, ahamiyatini pasaytirdi. Birinçi navbatda Ukrainadagi uruş tufayli Rossiyadan ötadigan yöllar sanksiyaga tuşdi va manfaatli bölmay qoldi. Ikkinçi holatda esa Yaqin Şarqdagi bölayotgan holatni nazarda tutsak böladi. Isroilning Ğazoda olib borayotgan uruşi va Yamanda joylaşayotgan husiylarning Qizil dengizdan ötayotgan kemalarga hujum qilişi bu ikki yöllarning narx jihatdan, xavfsizlik jihatdan ahamiyati tuşişiga sabab böldi. Şunday holatda Yevropa va Osiyoni boğlaydigan Markaziy Osiyo orqali ötadigan örta koridorning ahamiyati oşib bordi. Ya’ni gap “Örta koridor” haqida ketyapti, bu yölning asosiy böğini esa Kaspiy dengizi hisoblanadi.

Şu vaqtgaça Uzoq Şarq va Markaziy Osiyodan Yevropaga harakatlanuvçi mahsulotlar oqimi deyarli Rossiya va Eron orqali bölsa, endi uşbu ikki davlat asosiy loyihalarda çetda qolyapti.

Yangi özgarişlarda Rossiya va Eronning iştiroki keskin kamaygan va Markaziy Osiyo davlatlari bilan birga Ozarboyjonning ahamiyati ortib boryapti. Bu esa Rossiyaning va Eronning qiziqişlariga, ularning ambitsiyalariga töğri kelmaydi. Şu tufayli ular sönggi yillardagi bölayotgan özgarişlarni inobatga olgan holda, ikki davlat örtasidagi harbiy hamkorlikni oşiryapti. Bu yerda harbiy maşğulotlar ötkazyapti. Bu öziga xos signal desak ham böladi. Bilamiz, Rossiya va Eron harbiy jihatdan bu yerda eng kuçli davlat hisoblanadi va öz navbatida, bu maşğulotlar orqali Markaziy Osiyo davlatlariga, Yevropa davlatlari va boşqa davlatlarga ular ham yetakçi kuç ekanini va bu yerda hali ham nazorat kuçli ekanini öziga xos maşğulotlar orqali signal sifatida körsatyapti desak, adaşmagan bölamiz.

Undan taşqari Rossiyaning Kaspiyda faollaşuvi Ozorboyjon kabi sobiq ta’sir hududlarini nazoratidan çiqarayotgani uçun bosim sifatida körilsa, Eron uçun turk dunyosining yaqinlaşuvidan hosil bölayotgan xavotiridir.

Suhbatni töliq şaklda YouTube platformasida tomoşa qilişingiz mumkin

NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.