16:39 / 07.09.2018
15690

Zaxarchenkoga yaqin shaxslar Rossiyaga qochib ketgani ma'lum qilindi

Foto: Valeriy Melnikov/RIA «Novosti»

O‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «DXR» bosh vaziri o‘rinbosari, daromadlar va yig‘imlar vaziri Aleksandr Timofeyev hamda «DXR»ning halok bo‘lgan sobiq yetakchisi maslahatchisi Aleksandr Kazakov Donetskni tark etdi. Bu haqda «Interfaks» manbaga asosan xabar bermoqda.

«Aleksandr Timofeyev Zaxarchenkoning maslahatchisi Aleksandr Kazakov bilan Donetskni tark etdi va Rossiyaga chiqib ketdi», - deya aytib o‘tdi «DXR»ning halok bo‘lgan sobiq yetakchisi Aleksandr Zaxarchenkoga yaqin bo‘lgan shaxslardan biri agentlikka.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror xavfsizlik maqsadlarida qabul qilingan. Timofeyev va Kazakov, manbaning aniqlik kiritishicha, yaqin vaqt ichida Donetskka qaytishni rejalashtirmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» parlamenti Xalq kengashi raisi Denis Pushilinni respublika rahbari vazifasini bajaruvchisi etib tayinlagandi.

Ta'kidlanishicha, Donetsk parlamenti ham Aleksandr Zaxarchenkoni bu lavozimdagi vakolatlarini «uning o‘limi munosabati bilan» muddatidan avval to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan.

Mavzuga oid
Top