Özini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») parlamenti Xalq kengaşi raisi Denis Puşilinni respublika rahbari vazifasini bajaruvçisi etib tayinladi. Bu haqda «DXR» saytida xabar berilgan.

Ta'kidlanişiça, Donetsk parlamenti ham Aleksandr Zaxarçenkoni bu lavozimdagi vakolatlarini «uning ölimi munosabati bilan» muddatidan avval töxtatiş haqida qaror qabul qildi. «DXR» sobiq rahbariga suiqasd 31 avgust kuni yuz berdi, uni «Separ» kafesida portlatib yuborişdi.

Avvalroq, Puşilin Zaxarçenkoga qilingan suiqasdni tergov qiliş jarayoni qanday davom etayotgani haqida ma'lumot bergandi. Uning qayd etişiça, mahalliy huquq-tartibot idoralari terakt qanday taşkillaştirilgani va amalga oşirilgani borasida barça versiyalarni işlab çiqmoqda.

31 avgust kuni Donetsk markazidagi «Separ» kafesida yuz bergan portlaş natijasida ikki kişi halok böldi, ular orasida özini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») rahbari Aleksandr Zaxarçenko ham bor. Portlaşdan keyin olti kişi kasalxonaga olib ketilgan, yana beş kişi kasalxonaga borişdan boş tortgan.

Şundan söng özini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») sobiq yetakçisi Aleksandr Zaxarçenkoning öldirilişida unga yaqin bölgan şaxslar iştirok etgan bölişi mumkinligi xabar qilingandi.