Xushxabar: respublikadagi yana 9ta OTMga qo‘shimcha kvotalar berildi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekistondagi 9ta oliy ta'lim muassasasida 2018/2019 o‘quv yilgi o‘qish uchun xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan qo‘shma ta'lim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Axborot xizmati ma'lumotiga tayangan holda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, qo‘shimcha qabul kvotasi bo‘yicha o‘qish to‘lov-kontrakt asosida tashkil etilishi nazarda tutilgan bo‘lib, bular:
Toshkent davlat texnika universiteti – 75 ta (bakalavriat);
Andijon mashinasozlik instituti – 90 ta (bakalavriat – 80 ta, magistratura – 10 ta).
Toshkent davlat stomatologiya instituti – 60 ta (bakalavriat);
Toshkent kimyo-texnologiya instituti – 20 ta (magistratura);
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti – 10 ta (magistratura);
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti – 25 ta (bakalavriat);
Milliy rassomlik va dizayn instituti – 20 ta (bakalavriat);
Namangan muhandislik-texnologiya instituti – 60 ta (bakalavriat);
Namangan muhandislik-qurilish instituti – 60 ta (bakalavriat);
To‘lov-kontrakt asosida xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan qo‘shma ta'lim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga abituriyentlardan hujjatlar 2018 yil 25 sentabrgacha qabul qilinadi. Kirish imtihonlari oliy ta'lim muassasalari tomonidan 2018 yil 28-30 sentabr kunlari o‘tkaziladi.
Qo‘shma ta'lim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘qish istisno tariqasida 2018 yilning
2 oktabridan boshlanadi. Kirish imtihonlari natijalari O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Kirish sinovlari natijasi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qo‘shma ta'lim dasturlarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga to‘lov-kontrakt shartlarini bajarishning oxirgi muddati 2018 yil 31 oktabr etib belgilandi. Qo‘shma dastur doirasida ta'lim oladigan talabalar o‘qishi mazkur va respublikaning boshqa oliy ta'lim muassasalari ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga o‘qishga ko‘chirilmaydi va tiklanmaydi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
-
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi
Jahon | 22:59 / 07.04.2025
-
Fransiya, Misr va Iordaniya yetakchilari G‘azo bo‘yicha kelishuvni tiklashga chaqirdi
Jahon | 22:18 / 07.04.2025
Mavzuga oid

18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?

19:52 / 06.07.2021
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, mehribonlik uylari bitiruvchilari va IIV xodimlari farzandlari uchun qabul kvotalari belgilandi

22:48 / 01.04.2021
«Hududlarda 10 ming nafar tor doiradagi mutaxassislar yetishmaydi» – Kelgusi o‘quv yilidan klinik ordinaturaning qabul kvotasi oshiriladi

08:09 / 16.11.2020