Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Qizil kitobi bo‘yicha qarori qabul qilindi

Foto: Flickr
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 17 iyuldagi PQ-3861-son qarori ijrosini ta'minlash, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi tarzda o‘suvchi o‘simliklarning turlari (kichik turlari)ni saqlab qolish va qayta ko‘paytirishni ta'minlash maqsadida qabul qilingan.
Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklarni saqlab qolish bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Qizil kitob O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan hayvonlar, yovvoyi o‘simliklar va qo‘ziqorinlar turlarining (kenja turlarining) holati, tarqalishi, kamyoblik maqomi va yo‘qolib ketish xavfining maqomi va muhofaza choralari to‘g‘risidagi ma'lumotlar majmui hisoblanib, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarning (kenja turlarning) muhofazasi va ularni qayta tiklash maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va yuritish bo‘yicha vakolatli davlat tashkilotlari hisoblanadi:
uni nashr etishni tashkil qilish va yuritish bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza etish davlat qo‘mitasi;
uni nashr etishga tayyorlash bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.
Qizil kitobga hayvonot va o‘simlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritish (undan chiqarish) bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va Botanika instituti ishlab chiqadi.
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) va ularni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish Kamyob va yo‘qolib ketish arafasida turgan hayvonlar va o‘simliklarni muhofaza qilish bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash va nashr etish bo‘yicha asosiy tadbirlar hisoblanadi:
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va ularning muhokamasida ishtirok etish;
Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritish (zamonaviy holati va holatining o‘zgarishi borasidagi tendensiyalar to‘g‘risidagi ilmiy ma'lumotlarni yig‘ish va tahlil etish bilan birgalikda);
Qizil kitobning rasmiy nashrlariga turlar bo‘yicha suratli ilmiy mavzular, maqolalar tayyorlash;
Qizil kitobni nashr etishni tashkil etish va uning rasmiy nashrlarini tarqatishni ta'minlash.
Quyidagilar Qizil kitobni nashr qilish bo‘yicha asosiy tadbirlar hisoblanadi:
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish va undan chiqarish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishni tashkillashtirish;
Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va ulardan foydalanish borasidagi davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
Qizil kitobga kiritilgan turlardan (kenja turlardan) foydalanish sohasi bo‘yicha ruxsat berish tusidagi hujjatlarni taqdim etish;
Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritishni tashkil etish va ta'minlash;
Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat kadastrini yuritish;
Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) populyatsiyalari va ularning holati bo‘yicha davlat monitoringini amalga oshirish;
Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish, qayta tiklash borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishda ishtirok etish.
Tavsiya etamiz
Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr va fidya miqdori e’lon qilindi
O‘zbekiston | 16:59 / 28.02.2025
«Tramp Putindek fikrlamoqda»: liberal jahon tartibi tugadimi?
Jahon | 12:08 / 28.02.2025
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaydi
O‘zbekiston | 10:53 / 28.02.2025
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon taqvimini e’lon qildi
O‘zbekiston | 21:31 / 27.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gretsiyada yirik poyezd avariyasining ikki yilligi munosabati bilan namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Jahon | 15:23
-
Oq uydagi dahanaki jang, Ramazonda Al-Aqsoga qo‘yilmayotgan falastinliklar va AQShda statusi kuchayayotgan ingliz tili - kun dayjesti
Jahon | 14:47
-
Yoqilg‘i-energetika sohasidagi huquqbuzarliklar uchun sanksiyalar qanday qo‘llanadi?
O‘zbekiston | 14:43
-
Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga bosh imom-xatiblar tayinlandi
O‘zbekiston | 14:40
Mavzuga oid

13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

15:26 / 01.02.2025
Sanepidqo‘m faoliyati tartibi belgilandi

12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi

11:18 / 27.11.2024