Jahon | 17:50 / 21.04.2019
34328
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy saylov qoidasini buzdi va jarimaga tortildi. U Ukrainaning bo‘lajak prezidenti

Ukraina prezidentligiga nomzod Vladimir Zelenskiy ikkinchi turda ovoz berish jarayonida saylov qonunchiligini buzdi va jurnalistlarning iltimosiga ko‘ra ularga o‘zining to‘ldirilgan byulletenini namoyish etdi. 

«Oy, ko‘rsatish mumkin emasku? Men ko‘rsatmadim, siz ko‘rmadingiz», deya hazil qilgan Zelenskiy.

Byulleten suratida ko‘rish mumkinki, shoumen nomzod o‘z familiyasini belgilagan.

Bu haqda  xabar tarqalgach, saylov uchastkasiga politsiya yetib kelgan va nomzodga qarshi protokol tuzgan. Zelenskiy saylov qonunchiligini buzgani uchun Ukrainadagi eng minimal daromad miqdorining (17 grivna) 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin - ya'ni, 510 grivnadan 850 grivnagacha (19-31 dollar atrofida).

Zelenskiyning shtabi boshlig‘i Dmitriy Razumov nomzodning bu harakati jiddiy muammo emasligini yozib qoldirgan.

«Yangi prezident - yangi qoidalar. Barchasi qonun doirasida bo‘lishi kerak! Zelenskiyga byulletenini ko‘rsatgani uchun ma'muriy huquqbuzarlik bo‘yicha protokol tuzishdi», degan u.

Bugun Ukrainada prezidentlik saylovining ikkinchi turi o‘tkazilmoqda. Unda 31 kuni bo‘lib o‘tgan birinchi turda yetakchilik qilgan shoumen Vladimir Zelenskiy (30,24) va Ukrainaning amaldagi prezidenti Petro Poroshenko (15,95) kurash olib bormoqda.

Mahalliy vaqt bilan soat 15:00 holatiga ko‘ra saylovda davomat 45 foizni tashkil qilmoqda. Ovoz berish jarayoni soat 22:00ga qadar (Toshkent vaqti bilan 22:00) davom etadi.

Dastlabki ekzit-pollarga ko‘ra, Zelenskiy Poroshenkoni yaqqol ustunlik bilan ortda qoldirmoqda - 75 foizga 25 foiz.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 