Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV «Fayzobod» avtodromini ta'mirlashni rejalashtirmoqda
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqdagi guruhlardan birida YHXB Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi («Fayzobod») avtodromidagi yo‘l qatlami holati haqidagi masala ko‘tarildi.

IIBB xabariga ko‘ra, Mirobod tumani, Fayzobod ko‘chasi, 43-manzilida joylashgan va Bektemir, Yashnobod hamda Shayxontohur tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi Toshkent shahar IIBB YHXB Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi binosi 1978 yili qurilgan.

Bugungi kunda me'yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lmagan ushbu bino va avtodromni to‘liq ta'mirdan o‘tkazish zarurati yuzaga kelgan.

Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB rahbariyati respublika Ichki ishlar vazirligiga xodimlar va bo‘lajak haydovchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida yangi bino qurilishi va avtodromni ta'mirdan o‘tkazishga mablag‘ ajratishni so‘rab murojaat qildi.


Murojaat ko‘rib chiqilgunga qadar, vaqtinchalik chora sifatida YHXB xodimlari tomonidan YHXB «Fayzobod» RO‘ va IOB mashq maydoni hududidagi yo‘l qatlamini ma'lum qismini ta'mirdan o‘tkazish chorasi ko‘rilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp va’da qilgan Patriot tizimlaridan birinchisi Ukrainaga yetib keldi
Jahon | 19:40
-
«Yo‘q, bu bino besh yil avval qurilgan» - AQSh Markaziy banki rahbari Trampni «tuzatdi»
Jahon | 19:39
-
Kasb egallash uchun internet orqali bepul videodarslar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 19:31
-
“KAMAZ” savdodagi pasayish sabab 4 kunlik ish haftasiga o‘tmoqda
Biznes | 19:23
Mavzuga oid

11:03 / 14.05.2024
«Prava» olish uchun avtodromda imtihon qabul qilish metodikasi e’lon qilindi

07:50 / 12.02.2020
Haydovchilardan amaliy imtihonlarni avtomatlashtirilgan avtodromlarda olish tartibi joriy etiladi

08:57 / 27.03.2017