Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik poygachi avtodromda halok bo‘ldi (video)
Amerikalik poygachi Devid Stil Florida shtatidagi Desoto Speedway avtodromida poyga vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.
Stil burilishlardan birida raqibini quvib o‘tmoqchi bo‘ldi, ammo 42 yoshli pilotning avtomobili yonida ketayotgan mashinaga tegib ketgan, natijada bolid qayrilib ketdi hamda avtodrom devoriga borib urildi.
Hodisa joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimlari sportchi hayotini asrab qola olishmadi.
Devid Stil USAC poygachilar assotsiatsiyasining kumush medal sohibi edi, shuningdek u NASCAR va Indicar musobaqalarida ham ishtirok etgan.
Mavzuga oid
16:24 / 19.04.2026
Robot poygada inson o‘rnatgan rekordni yangiladi
10:49 / 04.03.2026
Toshkentda YHXX yig‘ilishi: “shashka”, drift va poyga videolariga qarshi choralar kuchaytiriladi
10:31 / 27.02.2026
Kuba chegarachilari o‘qqa tutgan katerda amerikaliklar bo‘lgan
22:22 / 26.02.2026