Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchilardan amaliy imtihonlarni avtomatlashtirilgan avtodromlarda olish tartibi joriy etiladi
Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ro‘yxatlash va imtihonlarni olish tartib-taomillarini soddalashtirish ko‘zda tutilgan
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
2020 yil 1 iyulga qadar normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi. Loyihalarda Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Samarqand va Namangan shaharlarida quyidagilarni ko‘zda tutuvchi amaliyotni eksperiment tariqasida Davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etish nazarda tutiladi:
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihon o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarini davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirish;
haydovchilardan amaliy imtihonlarni avtomatlashtirilgan avtodromlarda olish tartibini joriy etish nazarda tutiladi
Ijro uchun mas'ullar - IIV, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar.
Mavzuga oid
17:29 / 09.07.2026
Haydovchilar pasport yo guvohnoma ko‘tarib yurish majburiyatidan qachon xalos bo‘ladi?
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
13:12 / 04.07.2026
“Malibu bolani 100 metrgacha sudrab ketgan” – Andijondagi mudhish hodisa tafsilotlari
09:00 / 14.06.2026