8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

09:06 / 23.05.2019 8684

O‘zbekiston Markaziy banki Tenge Bank’ga litsenziya berdi

Foto: Arnapress.kz

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi Qozog‘istonning Tenge Bank aksiyadorlik tijorat bankiga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Halyk O‘zbekistonda filial ochish niyatida ekanini ma'lum qilgan birinchi Qozog‘iston banki bo‘ldi. Toshkent shahrida moliyaviy tashkilotning sho‘'basi - Tenge Bank faoliyat ko‘rsatadi.

Halyk Bank Rossiya, Qirg‘iziston, Gruziya va Tojikistonda sho‘'balarga ega. O‘zbekiston bozoriga kirish bank uchun rivojlanish strategiyasining mantiqiy davomi bo‘ldi. Shuningdek, Halyk Bank O‘zbekistonda o‘z filialiga ega bo‘lgan Qozog‘istonning birinchi bankiga aylandi. 

Ma'lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda 28ta tijorat banki faoliyat ko‘rsatmoqda. Ikkinchi darajali banklarning jami aktivlari - 194,6 trln so‘m yoki joriy kurs bo‘yicha 24,1 mlrd dollar. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2017 yilda 249,1 trln so‘mni - 30,7 mlrd dollarni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, hozir O‘zbekistonda faqat beshta bank xorijiy kapital ishtirokida ishlamoqda: «Savdogar», Hamkorbank, Ziraat Bank Uzbekistan, Eronning «Saderat» va KDB Bank Uzbekistan.

 

Top