Qozoğiston Milliy banki Halyk Bank’ga Özbekiston hududida Tenge Bank şö'basini oçişga ruxsat berdi. Bu haqdagi xabar Milliy bank saytida joylaştirilgan.

Halyk Özbekistonda filial oçiş niyatida ekanini ma'lum qilgan birinçi Qozoğiston banki böldi. Toşkent şahrida moliyaviy taşkilotning şö'basi - Tenge Bank faoliyat körsatadi.

Halyk Bank Rossiya, Qirğiziston, Gruziya va Tojikistonda şö'balarga ega. Özbekiston bozoriga kiriş bank uçun rivojlaniş strategiyasining mantiqiy davomi böladi. 

Ma'lumot uçun, bugungi kunda Özbekistonda 28ta tijorat banki faoliyat körsatmoqda. Ikkinçi darajali banklarning jami aktivlari - 194,6 trln söm yoki joriy kurs böyiça 24,1 mlrd dollar. Rasmiy ma'lumotlarga köra, Özbekiston yalpi içki mahsuloti 2017 yilda 249,1 trln sömni - 30,7 mlrd dollarni taşkil etdi.

Eslatib ötamiz, hozir Özbekistonda faqat beşta bank xorijiy kapital iştirokida işlamoqda: «Savdogar», Hamkorbank, Ziraat Bank Uzbekistan, Eronning «Saderat» va KDB Bank Uzbekistan.

Özbekistonda Qozoğiston banklarining imkoniyatlari qanday?