Sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochilgan

O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senatning 20-yalpi majlisidagi chiqishida ma'lum qildi.
Prezident 20 iyun kuni ishdan olingan sobiq bosh prokurorni poraxo‘rlikda ayblagan.
«Bunaqa ketishda bo‘lsa, prokuratura tizimini mutlaqo qisqartirib yuboraman, ko‘proq vakolatni Adliya tizimiga beraman.
Nig‘matulla Yo‘ldoshev olti oydan keyin kelib, nimani o‘zgartirganini aytishini, tizimni tozalashini, yaxshi takliflar berishini kutaman», deya Prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, 20 iyun kuni Otabek Murodov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev bosh prokuror etib tayinlangandi.
Qayd etish kerakki, bu so‘nggi 4 yil davomida to‘rtinchi marta O‘zbekiston bosh prokurori o‘zgarishi bo‘ldi. 2000 yil fevralidan O‘zbekiston bosh prokurori bo‘lgan Rashid Qodirov 2015 yilning aprelida lavozimini tark etgan va uning o‘rnini Ixtiyor Abdullayev egallagandi. Abdullayev 2018 yil yanvarida Davlat xavfsizlik xizmati rahbari lavozimini egallagach, uning o‘rnida Otabek Murodov ish boshlagandi. Ayni vaqtda ikki sobiq bosh prokuror - Rashid Qodirov va Ixtiyor Abdullayevga qarshi jinoiy ish ochilgan va ularning ikkisi ham tergovda.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Markaziy Osiyo bilan strategik hamkorligimiz mintaqada geosiyosiy g‘alabani ko‘zlamaydi” – Yevropa Ittifoqi elchisi bilan eksklyuziv suhbat
O‘zbekiston | 22:01
-
Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bo‘layotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yo‘qotdimi?
Jamiyat | 21:44
-
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi
Jahon | 21:41
-
SpaceX AQShning «Oltin gumbaz»i uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritishi mumkin
Jahon | 21:39
Mavzuga oid

19:10 / 09.01.2022
Mustafoyevdan Yo‘ldoshevgacha. O‘zbekistonning olti bosh prokurori haqida

15:51 / 25.02.2020
Otabek Murodovga sud hukmi e'lon qilindi

18:28 / 22.09.2019
Otabek Murodov qamoqqa olindi

13:13 / 30.07.2019