Bugun, 25 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Harbiy sudida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi va boşqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan sobiq boş prokuror Otabek Murodov hamda DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va uning örinbosari Jahongir Egamovga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

Oliy sud matbuot xizmati xabariga köra, ötkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvçilarning, yetmişdan ortiq jabrlanuvçi va guvohlarning körsatmalari tinglanib, muhokama qilindi. Dastlabki tergov organi tomonidan töplangan dalillarga baho berilib, sudlanuvçilarning vajlari tekşirilgan.

Sud jinoyat işi materiallarini har tomonlama va töliq örganib, sudlanuvçi Otabek Murodovni bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topgan.

«Sudlanuvçi O. Murodovga nisbatan jazo çorasini belgilaşda sud Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoyat qonunçiligida belgilangan insonparvarlik va adolat tamoyillariga ham asoslandi. Xususan, sudlanuvçining sodir etgan jinoyatlari uçun çin köngildan puşaymon ekanligi va jinoiy qilmişlarni foş qilişda faol yordam berganligi hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar töla qoplanganligi e'tiborga olindi.

Natijada, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, sudlanuvçining şaxsi, oilaviy ahvoli, yaşaş joyidan ijobiy tavsiflangani kabi jazoni yengillaştiruvçi holatlar e'tiborga olinib, O. Murodovga 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi», deyiladi xabarda.

Şuningdek, sudning hukmiga köra, Ixtiyor Abdullayevga 19 yil, Jahongir Egamovga 19 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, har biri muayyan muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilingan.

  • Eslatib ötamiz, 2018 yilning yanvaridan Özbekiston boş prokurori lavozimida işlagan Otabek Murodov 2019 yil yozida lavozimidan ozod etilib, sentabr oyida qamoqqa olingandi.