Xalqaro press klubning huquq-tartibot organlari iştirokida ötkazilgan sessiyasida jurnalistlar tomonidan Özbekistonning sobiq boş prokurori Raşid Qodirov işi böyiça yangi tafsilotlar haqida ma'lumot beriş söraldi.

«Özbekiston Respublikasining sobiq boş prokurori Raşid Qodirovga nisbatan jinoyat işi böyiça tergov jarayoni yakunlaniş arafasida. Bu jinoyat işi yakunlari böyiça ma'lumotlar batafsil yetkaziladi. Buni mamlakatimiz rahbari ham bir neça bor takrorlagan. Demak, jinoiy işning natijalari keng ommaga oşkor qilinadi.

Sud jarayoni qaçon boşlanişi, qayerda bölib ötişi haqida rasmiy ma'lumotlar beriladi.

Heç narsa sir tutilmaydi. Qonun oldida barça barobar. Katta mansabdor şaxsmi, kiçikroq mansabdormi, barça özining xatti-harakatlari uçun tegişli jazosini oladi», deya Özbekiston Boş prokurori örinbosari Erkin Yöldoşevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Boş prokuror örinbosari Erkin Yöldoşev
Foto: Xalqaro press-klub

Özbekiston prokuraturasini 2000 yildan 2015 yilning apreligaça, 15 yil davomida boşqargan Raşid Qodirov 2018 yilning 22 fevralida Toşkent şahrida Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qölga olingandi. Unga nisbatan «Tovlamaçilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş», «Pora oliş» moddalari böyiça jinoyat işi oçilgan. Şuningdek, uşbu jinoyat işi böyiça boş prokurorning sobiq örinbosarlari hamda Toşkent viloyatining sobiq prokurorlari bölmiş Jamşid Fayziyev va Uluğbek Sunnatov uşlangandi. 

Keyinroq uşbu iş doirasida yana öndan ortiq kişi qamoqqa olindi. Ular orasida «Toşkentni titratgan prokuror» - Toşkent şahar prokurorining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar böyiça sobiq örinbosari, «Antibiotik» laqabli adliya maslahatçisi Mirağlam Mirzayev va unga yaqin bölgan boşqa prokurorlar ham bor edi.