Özbekistonning sobiq boş prokurori Otabek Murodov qamoqqa olingan. Kun.uz manbasi tasdiqlaşiça, sud tomonidan sobiq boş prokurorga qöllangan uy qamoği sifatidagi ehtiyot çorasi özgartirilgan va u 18 sentabr kuni qamoqqa olingan.

Otabek Murodov 2018 yilning yanvaridan 2019 yil yoziga qadar Özbekiston boş prokurori lavozimida işlagan, şu yilning 20 iyun kuni lavozimidan ozod etilgandi.

21 iyun kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Senatning 20-yalpi majlisidagi çiqişida sobiq boş prokurorni tanqid qilib, u poraxörlikda ayblanayotgani va unga nisbatan jinoiy iş oçilganini aytib ötgandi.

Keyinroq, Boş prokuratura matbuot xizmati Otabek Murodov yana bir sobiq boş prokuror, DXXning sobiq rahbari Ixtiyor Abdullayev işi doirasida tergov qilinayotgani haqida ma'lumot bergandi.