14 bokschidan 14ta medal, 10ta oltin. O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati O‘zbekistonga ataldi

Kuvaytda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati O‘zbekiston terma jamoasining mutlaq ustunligi bilan yakunlandi.
Kecha, 8 avgust kuni final janglari bo‘lib o‘tdi. Unda 14ta vazn toifasidan 12tasida o‘zbekistonlik bokschilar ringga ko‘tarildi.

Bu 12 bokschidan 10 nafari finalda ham g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Terma jamoaning ikki a'zosi kumush, yana ikki vakili bronza medaliga ega chiqdi.
Shu tariqa, Bekzod Xidirov qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasining barcha 14 a'zosi medal bilan ortga qaytadigan bo‘ldi. Delegatsiya joy olgan samolyot 9 avgustdan 10 avgustga o‘tar kechasi soat 02:30da Toshkentga qo‘nadi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati Osiyo chempionati sovrindori bo‘lgan o‘zbekistonlik yosh bokschilar ro‘yxatini taqdim etdi.
Oltin:
-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov
-40 kg: Farrux To‘laganov
-43 kg: Umidillo Abdurasulov
-46 kg: Boburbek Bobojonov
-49 kg: Lazizbek To‘lqinov
-52 kg: Dalerjon Bozorov
-55 kg: Jahongir Narziyev
-61 kg: Mirzob Nekboyev
-64 kg: Shavkatjon Boltayev
Kumush:
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
-67 kg: Shahboz Hamidullayev
Bronza:
-70 kg: Aynazar Kenesbayev
+70 kg: Husanboy Rihsiboyev
Oltin medallar taqsimoti:
10 - O‘zbekiston
2 - Qozog‘iston
2 - Hindiston




Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin gubernatorlar maoshini keskin oshirdi
Jahon | 22:39
-
Litvada o‘lgan amerikaliklar: qutqarish amaliyoti xalqaro operatsiyaga aylanib ketdi
Jahon | 21:58
-
Pavel Durov Telegram’da virtual g‘ishtlar sotish ortidan 100 mln rubl ishlab oldi
Jahon | 21:55
-
1 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 21:40
Mavzuga oid

14:34 / 22.03.2025
Afsonaviy bokschi Jorj Formen vafot etdi

15:28 / 20.03.2025
Boks 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi

21:28 / 17.03.2025
Boks 2028 yilda Olimpiada dasturiga qaytishi mumkin

17:43 / 10.03.2025