Muhammad Ali uçun öç: Taysonning tarixiy jangi haqida
|22:43 / 10.03.202532 47013 min
1980 yil oktyabr. Maşhur boksçi Muhammad Ali va Larri Xolms örtasida jang ketmoqda. Raqibi Parkinson kasali bilan oğrib yurgan Alini ayamayapti. Maşhur boksçi amallab 10 raund jang qilgaç, Alining sekundantlari ringga soçiq uloqtirişadi. Bu mağlubiyat edi. Öşanda 14 yoşli Mayk Tayson mazkur jangni televizorda közda yoş bilan kuzatadi va kelajakda Ali uçun Xolmsdan öç olişga qaror qiladi.
Maşhur boksçi Mayk Taysonning hayotida zafarli onlar bilan birga alamli kunlar ham bölgan. Avvaliga barçani yengib, oğir vazn böyiça jahonning mutlaq çempioniga aylangan Mayk keyinçalik mağlubiyatga ham uçragan.
Uning baxtiyor onlaridan biri 1988 yil yanvarda keçgan. Öşanda u Larri Xolmsni yengib, jahonning mutlaq çempioniga aylangandi.
Keyinçalik u bir paytlar Muhammad Aliga Larri Xolmsni yengaman deb söz berganini va öşa va’dasining ustidan çiqiş uçun bu kunni intiqlik bilan kutganini aytgandi. Xöş, Mayk Tayson Muhammad Aliga qaçon, nima deb va’da bergandi?
Köça bezorisidan boksga
1966 yilda tuğilgan Mayk Tayson yoşligida avvaliga köça bezorilari, söng jinoiy guruh safiga qöşiladi. 12 yoşida uni voyaga yetmagan jinoyatçilar saqlanadigan maxsus maktabga jönatişadi.
Maktabda boks tögaragi bölib, unda sobiq professional boksçi Bobbi Styuart maşğulot olib borardi. Mayk tögarakda şuğullanayotgan bolalarni körib, özini boksda sinab körişga qaror qiladi.
Mayk Tayson 1-murabbiyi Bobbi Styuart bilan
Styuart bir qança şartlar evaziga uni şuğullantirişga rozi böladi. Bu uçun Mayk maktab qoidalarini umuman buzmasligi va özini yaxşi tutişi kerak edi. Şuningdek, Mayk fanlarni yaxşiroq özlaştirsa, Styuart u bilan köproq maşğulot ötişi haqida va’da beradi.
Styuart Maykni ikki yil – 1978-1980 yillar oraliğida şuğullantiradi. Bu davr mobaynida Mayk ança tajriba orttirib, yaxşi natijalarga erişadi.
Mayk 14 yoşga yetganida Styuart undagi iste’dodni yanada sayqallaş uçun maşhur murabbiy Konstantin D’Amatoning oldiga olib boradi. Bu murabbiy Maykning jang qilişini körib, agar u şu maromda maşqni davom ettirsa, jahon çempioni bölişini aytadi.
Mavzuga oid
Mayk Tayson va Konstantin D’Amato
Muhammad Aliga va’da bergan Mayk
Mayk Tayson boks bilan jiddiy şuğullanişni boşlaganda dunyoga maşhur boksçilar ançagina edi. Biroq yoş boksçi ular orasidan faqat Muhammad Alini öz kumiri deb bilardi.
Afsuski, öşa paytda 36 yoşga yaqinlaşgan Ali ança çarçab qolgan, buning ustiga u Parkinson kasaliga çalingan edi. Şu sababli u boksdagi faoliyatini tugatganini e’lon qiladi.
Biroq ikki yillik tanaffusdan söng, 1980 yilda u salmoqli gonorar evaziga 31 yoşli, ayni kuç-quvvatga tölgan Larri Xolms bilan jang ötkazişga rozi böladi.
Jang 1980 yil 2 oktyabr kuni ötkaziladi. 14 yoşli Mayk bu jangni televizor orqali tomoşa qiladi. Öşanda Muhammad Ali yoş raqibining kuçli zarbalariga 10 raund çidab beradi.
10-raundda uning sekundantlari jangni töxtatişadi. Şu tariqa Muhammad Ali faoliyati davomida birinçi marta muddatidan avval mağlub böladi. Operatorlar maşhur boksçining horigan va zarbalar tufayli momataloq bölgan yuzini körsatar ekan, Mayk Tayson kun kelib Larri Xolmsdan qasos olişga qaror qiladi.
Muhammad Ali va Larri Xolms
Öşanda Mayk bu qarori haqida maşhur boksçining öziga aytişni juda ham xohlaydi va Ali bilan döstona aloqalarda bölgan murabbiyidan u bilan gaplaştirişni iltimos qiladi.
Jang tugagandan söng bir muddat ötgaç murabbiy D’Amato Muhammad Aliga qönğiroq qiladi va undan köngil söraydi. Söng göşakni Maykka beradi. Yoş boksçi Muhammad Aliga bir kun kelib Larri Xolmsdan qasos olişini aytadi. Ali unga omad tilaydi.
Oradan bir yil ötgaç, Muhammad Ali kanadalik boksçi Trevor Berbikka qarşi ringga çiqadi. Dastlabki beş raundda Muhammad Ali ustunlik qilgan bölsa ham, jang yakunida hakamlar ğalabani Trevor Berbikka berişadi.
Bu jangni ham tomoşa qilgan Mayk Tayson kelajakda Trevor bilan ham jang qilib, uni yengişni öz oldiga maqsad qilib qöyadi.
Qasosning olinişi
1985 yilda professional boksda öz faoliyatini boşlagan Mayk Tayson birinçi qasosni Trevor Berbikdan oladi. Bu iş 1986 yil noyabrda sodir böladi. Berbik öşa yili oğir vaznlilar örtasida jahon çempioni bölgandi. Mayk bilan bellaşuv çempionlikka erişgandan söng uning birinçi jangi edi.
Larri Xolmsni nokautga uçratayotgan Tayson
Jangning ikkinçi raundida Mayk Berbikni avvaliga nokdaunga, söng nokautga tuşiradi va ğalaba qozonadi. Bu ğalaba bilan Mayk Tayson ikkita rekord örnatadi. Birinçi rekord – Mayk öta oğir vaznda eng yoş jahon çempioni bölgan edi.
Ikkinçi rekord – öşanda Maykning kuçli zarbasidan söng nokautga tuşgan Berbik uç marta oyoqqa turadi va qayta yiqiladi. Ana şu iş ham boks tarixida faqat Maykning zarbasidan söng sodir bölgan va boşqa boksçilarda qaytarilmagan.
Maykning Larri Xolms bilan jangi keyinroq, 1988 yil yanvarda bölib ötadi. Maykl Larrini ham nokautga uçratadi. Öşangaça bu boksçi bironta jangida nokautga tuşmagandi. Bu iş Maykning kuçli zarbasidan söng sodir böladi.
Keyinçalik, Mayk Tayson turli naşrlarga bergan intervyularida ösmirlik paytida Muhammad Aliga uni yenggan Larri Xolms va Trevor Berbikdan qasos olişga söz berganini, 1986 va 1988 yillarda va’dasini bajarganini aytib ötgan.
“Muhammad Ali Larri Xolmsdan mağlubiyatga uçraganda men yiğlagandim. Öşanda qaçon bölsa ham Ali uçun Xolmsdan qasos olaman deb özimga söz berdim. 1988 yilda Xolmsni nokautga uçratib, bu va’damni bajardim”, degan edi boksçi keyinçalik.
Tayson va Muhammad Ali
Aytgança, Mayk Muhammad Ali uçun qasos olgan Larri Xolms öşa mağlubiyatdan söng bir neça marta boksdan ketganini e’lon qiladi va yana ringga qaytaveradi.
Şu tariqa u 2002 yil, 52 yoşigaça janglar ötkazdi va keyin qölqoplarini mixga ildi. 29 yillik faoliyati davomida Larri jami 75 ta jang ötkazgan va ularning 69 tasida ğalaba qozongan, 6 ta jangda yengilgan.
Larri Mayk Tayson bilan ötkazilgan janggaça biron marta yengilmagan va birinçi mağlubiyatni Muhammad Ali uçun qasos olişga qaror qilgan 22 yoşli boksçidan qabul qilib olgandi.
Taysonning keyingi faoliyati
Mayk Tayson Larri Xolmsni yengib oğir vazn böyiça jahonning mutlaq çempioni bölgaç xarakteri va hayot tarzi özgara boşlaydi. Sayoq yurişlari köpayadi.
1989 yilda boksçi maşğulotlarda qatnaşmay qöyadi va vaqtini tungi klublarda ötkaza boşlaydi. Oqibatda 1990 yil fevralda Baster Duglas bilan bölgan jangda nokautga uçrab, yutqazadi.
1992 yilda u öziga keladi va bir neçta jang ötkazib, ularda ğalaba qozonadi. Biroq uning hayoti izdan çiqib bölgandi. 1992 yilda boksçi zörlaş bilan ayblanib, 6 yilga qamaladi. Uç yil qamoqda ötirgaç, 1995 yilda u ozod qilinadi.
1996 yil martda u Frenk Brunoni yengib, WBC, sentabrda Bryus Seldonni yengib, WBA yönalişlarida çempion böladi.
1996 yil noyabrda Mayk Evander Xolifild bilan jang qiladi. Jangning 11-raundida Mayk texnik nokaut bilan mağlub böladi va WBA çempionlik kamarini Xolifildga topşiradi. Bu uning ikkinçi mağlubiyati edi.
Tayson Xolifildning quloğini tişlagan payt
1997 yil iyunda Mayk Tayson va Evander Xolifild örtasida revanş jang ötkaziladi. Bu jangda Mayk Xolifildning quloğini tişlaydi va mağlubiyatga uçraydi.
Şundan söng Maykning boksçilik litsenziyasi olib qöyiladi. Uni 1998 yil oktyabrda qaytarib berişadi. Biroq u maşğulotlar ötkazmaydi, faqatgina reyting janglarda qatnaşib yuradi.
2000 yilda Mayk polşalik Anjyey Duda bilan jang ötkazadi va uni birinçi raundda nokautga uçratadi. Biroq jangdan söng Maykning qonidan olingan tahlillar uning doping qabul qilganini körsatadi. Şundan söng jang natijasi bekor qilinadi.
2002 yilda Mayk Tayson Lennoks Lyuis bilan jang ötkazadi. Bu jang boks tarixida eng köp kassa yiğgan bellaşuv sifatida qolgan. Öşanda taşkilotçilar Mayk va Lennoksning jangidan qariyb 107 mln dollar işlab olişadi.
Tayson Lennoks Luis bilan jangda
Jangda Mayk mağlubiyatga uçraydi. Bellaşuvgaça barça yönalişlarda çempion bölib turgan Lennoks uni 8-raundda nokautga uçratadi. Öşanda har ikki boksçiga 35 mln dollardan gonorar beriladi.
2005 yil iyun oyida Kevin Makbraydga qarşi ringga çiqqan Mayk 6-raunddan söng jang qilişni töxtatadi. Söng boksçilik faoliyatini tugatganini e’lon qiladi. Öşandan keyin u bir neça marta körgazmali janglarda iştirok etadi xolos.
Umumiy hisobda Mayk Tayson jami 59 ta jang ötkazgan va ularning 50 tasida ğalaba qozongan. Ğalabalarning 44 tasida u raqibini nokautga uçratib, ğolib bölgan. 7 ta jangda mağlubiyatga uçragan. Ikkita jang natijasi bekor qilingan.
Mayk Taysonning rekordlari
· oğir vaznli boksçilar örtasida jahonning eng yoş çempioni (20 yoş 144 kunligida çempion bölgan);
· oğir vaznli boksçilar örtasida jahonning eng yoş mutlaq çempioni (21 yoşda çempion bölgan);
· professional faoliyatini boşlagandan söng eng qisqa vaqtda jahon çempioni bölgan boksçi (jahon çempioni bölguniça 1 yil 8 oy, mutlaq jahon çempioni bölguniça 2 yil 5 oy vaqt ötgan);
· boks tarixida uçta asosiy yönaliş kamarini ketma-ket yutgan birinçi va yagona boksçi;
· boks tarixidagi eng köp gonorar olgan oğir vaznli boksçi;
· mutlaq çempionlikni 6 marta himoya qilgan yagona boksçi;
· eng köp qisqa muddatda nokautni amalga oşirgan boksçi (9 marta raqiblarini 1 daqiqaga yetmasdan nokautga uçratgan);
· boks tarixidagi 6 ta eng köp gonorar berilgan janglarning barçasida iştirok etgan boksçi;
· uç marta birinçi raundning özidayoq raqibini nokautga uçratib, çempionlik kamarini yutgan yagona boksçi;
· ösmirlar örtasida ötkazilgan olimpiadada eng tezkor nokaut (raqibini 8-soniyada nokautga uçratgan);
· boks tarixida oğir vaznlilar orasida eng köp gonorar olgan boksçi.
Tayson va Muhammad Ali
Yuqoridagi rekordlardan ikkitasi – eng yoş jahon çempioni va eng köp tezkor nokautlar uçun u ikki marta Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Aktyorga aylangan boksçi
Mayk Tayson boksçilik faoliyatini tugatgandan keyin turli körgazmali janglarda qatnaşdi. Şuningdek, köplab filmlarda rol öynadi. Bundan taşqari turli kompaniyalarning reklama roliklarida suratga tuşib kelmoqda.
Umumiy hisobda Mayk 55 ta turli filmlar, şoular va seriallarda suratga tuşgan. U iştirok etgan birinçi film 1993 yilda suratga olingan bölib, unda boksçining hayoti hikoya qilingan.
Sönggi marta u 2023 yilda “Bir paytlar” nomli filmda suratga tuşgan va unda sobiq boksçi boş rolini ijro etgan.
Tayson Ip Man3 filmining suratga oliş jarayonida
Mayk suratga tuşgan filmlarning bir neçtasi boksçining öz hayoti haqida. Şuningdek, u xitoyliklar suratga olgan “Ip Man-3” filmida boş rollardan birini ijro etgan.
Mayk Tayson uç marta uylangan va ulardan sakkiz nafar farzand körgan. 2009 yilda uning 4 yoşli qizi fojiali tarzda halok bölgan. Boksçi Islom dinini qabul qilgan va Malik Abdul Aziz ismini olgan.