Maşhur boksçi, oğir vazn toifasida ikki karra çempion Jorj Formen 76 yoşida vafot etdi, deb xabar berdi uning oilasi.

Ringda Katta Jorj nomi bilan tanilgan amerikalik eng uzoq davom etgan kareraga ega bölgan sportçilardan biri bölgandi, u
1968 yilda Olimpiya oltin medalini qölga kiritgan hamda 21 yil farqi bilan ikki marta oğir vazn toifasida jahon çempionligini qölga kiritgandi – ikkinçi martasida, 45 yoşida tarixdagi eng keksa çempionga aylangan.

U özining birinçi titulini 1974 yilda Muhammad Aliga «Junglidagi gumburlaş» deb nom olgan maşhur jangda yutqazgandi. Professional boksdagi faoliyati davomida Formen hayratlanarli darajada köp ğalabaga erişgan – 76 ta, şundan 68 tasi nokaut bilan, bu Alinikiga qaraganda deyarli ikki baravar köp.

Formen 1997 yilda sportçilik faoliyatini butunlay yakunlagan.

Formen 1949 yil 10 yanvarda Texasning Marşall şahrida tuğilgan. Uni va oiladagi olti nafar aka-uka va opa-singillarini yolğiz ona tarbiyalagan. U maktabni taşlab, sport faoliyatini boşlaşdan oldin köçada talonçilik bilan şuğullangan.

Formen 1968 yilda Mexikoda bölib ötgan Olimpiadada 19 yoşida oğir vazn toifasida oltin medalni qölga kiritadi. Keyin u professional boksga ötadi va ketma-ket 37 ta bellaşuvda ğalaba qozonadi. U faoliyati davomida faqat beş jangda mağlub bölgan.

1973 yilda Yamaykaning Kingston şahrida u amaldagi jahon çempioni, yengilmas Jo Freyzerni mağlub etadi, öşanda u dastlabki ikki raundda raqibini olti marta nokaut holatiga tuşirgan.

Uning 1974 yilda Zair davlati (hozirda Kongo Demokratik Respublikasi) poytaxti Kinşasa şahrida Muhammad Aliga qarşi ötkazilgan jangi boksdagi boks durdonalari turkumidan örin olgan.

Jang favoriti Formen bölgan: Ali undan yetti yoş katta edi, bungaça uni Vetnam uruşiga çaqiruvdan boş tortgani uçun çempionlik unvonidan mahrum qilişgandi.

Formen 50 yil ötib BBC World Service Newshour’ga bergan intervyusida öşa afsonaviy jangni eslaydi. Uning sözlariga köra, ringda Ali kaltaklanişiga barçaning işonçi komil edi. «U bir raund ham bardoş bera olmaydi», – deb taxmin qilişgandi ekspertlar.

Ammo Ali raqibni holdan toydiriş taktikasini qöllab, uni yuzlab zarbalar berişga majbur qiladi va sakkizinçi raundda hujumga ötib, Formenni nokautga uçratdi.