08:39 / 14.01.2020
0
3119
Abdulaziz Komilov Ummonning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi

2020 yilning 13 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ummon Sultonligining Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

TIV rahbari O‘zbekiston hukumati va Tashqi ishlar vazirligi nomidan hukmron oila a'zolariga chuqur hamdardlik izhor etdi va Sulton Qobus bin Saidning vafot etgani munosabati bilan ochilgan ta'ziya kitobiga qayd kiritdi, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Ummon sultoni Qobus saraton kasalligiga qarshi bir necha yillik kurashdan so‘ng 10 yanvar kuni kechqurun 79 yoshida vafot etdi. Mamlakatda uch kunlik motam e'lon qilindi. Sulton 1970 yilda, 29 yoshida taxtga o‘tirgan va Ummonni 50 yil boshqargan. 

Madaniyat vaziri, 65 yoshli Haysam bin Toriq Ol Said Ummon rahbari lavozimiga tayinlandi. U sulton Qobusning o‘limi e'lon qilinganidan bir necha soat o‘tgach, shanba kuni hukmron kengash oldida qasamyod qabul qildi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top