Ummonda sulton Qobus bin Said vafot etdi, deya xabar bermoqda Reuters Fors körfazi sohilida joylaşgan mamlakatning ommaviy axborot vositalariga tayangan holda. Sulton 79 yoşda edi.
Sultonning taxtini egallaş borasida muşkul vaziyat yuzaga kelişi mumkin, çunki uning bevosita vorislari yöq. Şuning uçun kim yangi sulton bölişi haqida qaror uning oilasi a'zolari tomonidan uç kun içida qabul qilinadi. Agar bu amalga oşmasa, yakuniy söz armiya yetakçilari, parlament va oliy sud rahbarini öz içiga olgan davlat kengaşida qoladi.
Qobus bin Said Ummonni 1970 yildan beri boşqarib keldi. U 1970 yilda öz otasi Said bin Taymurni taxtdan ağdarib hokimiyatni egallagan. Otasi mamlakatdan çiqib ketib, Buyuk Britaniyaga yöl olişga majbur bölgan. Said bin Taymur u yerda 1972 yilda vafot etgan.
2015 yilda sultonda saraton kasalligi aniqlandi. Ötgan yil oxirida uning ahvoli yaxşilandi va qisqa vaqt davomida sulton davolaniş uçun Belgiyaga jönab ketdi. Sönggi bir neça kun içida Ummon ommaviy axborot vositalari davlat rahbarining ahvoli barqaror ekanligi haqida xabar berişdi.












