Madaniyat vaziri, 65 yoşli Haysam bin Toriq Ol Said 10 yanvar, juma kuni, 79 yoşida vafot etgan sulton Qobus bin Said Ol Saidning ölimidan keyin Ummon rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Al Jazeera va Alwatan xabar bermoqda.
U sulton Qobusning ölimi e'lon qilinganidan bir neça soat ötgaç, şanba kuni hukmron kengaş oldida qasamyod qabul qildi. «Haysam bin Toriq Qobuslar oilasi bilan uçraşgandan keyin yangi rahbarga aylandi, oila sulton tomonidan tanlangan kişini tayinlaşga qaror qildi», - deyiladi hukumat xabarida.
Aniqlik kiritilişiça, qasamyod qabul qilgan Haysam bin Toriq Ol Said marhum sulton Qobus bin Said Ol Saidning amakivaççasi sanaladi. Ummon konstitutsiyasiga binoan qirollik oilasi taxt böşaganidan keyin uç kun içida sultonga voris tayinlaşi kerak. Ummon sultoni oila a'zosi va musulmon bölişi kerak. Qobusning farzandlari va taxtga töğridan-töğri merosxörlari bölmaganligi sababli, özi vafot etgan taqdirda Toriq mamlakat rahbari etib tayinlanişi lozimligi töğrisida xat yozib qoldirgan.
Arab News ma'lumotiga köra, Ummonning yangi sultoni Toriq 1954 yilda tuğilgan, 1979 yilda Oksford universitetini tamomlagan, 80-yillarning boşida mamlakat futbol federatsiyasining birinçi rahbari bölgan, taşqi işlar vazirining siyosiy masalalar böyiça örinbosari, keyinçalik meros va madaniyat vaziri sifatida işlagan. Toriq Ol Said tez-tez diplomatik vazifalarni bajarib, Ummon nomidan çet elga borgan va çet el siyosatçilarining mamlakatga taşrif vaqtida, masalan, şahzoda Çarlz va uning rafiqasi Kamillaning 2016 yilda Ummonga kelganida iştirok etgan.
Ummon sultoni Qobus saraton kasalligiga qarşi bir neça yillik kuraşdan söng 10 yanvar kuni keçqurun 79 yoşida vafot etdi. Mamlakatda uç kunlik motam e'lon qilindi. Sulton 1970 yilda, 29 yoşida taxtga ötirgan va Ummonni 50 yil boşqargan.












