Biologik dehqonçilik va uning Özbekistondagi istiqboli qanday - mutaxassis fikri
|14:26 / 15.03.202024 22513 min
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
ÖzFA Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi instituti katta ilmiy xodimi, mikroorganizmlar biotexnologiyasi laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari doktori Baxtiyor Rasulov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda biologik dehqonçilik ahamiyati haqida gapirib, bu borada öz fikrlarini aytib ötdi. Olimning qaraşlariga köra, biologik dehqonçilikka ötiş uçun qator sabablar bor va bugungi kunda dolzarb bölib turibdi.
«Qişloq xöjalik ekinlarini zararli mikroorganizmlardan himoya qilişning kimyoviy yeçimi yöq»
Biologik dehqonçilik nima?
Biologik dehqonçilik noan'anaviy dehqonçilik hisoblanib, unda ayrim organizmlar, jumladan, mikroorganizmlarning biologik xususiyatlari va ular hosil qiladigan tabiiy birikmalarni dehqonçilikda qöllaş tuşuniladi.
Mikroorganizmlar juda köplab xususiyatlarga ega. Jumladan, ösimliklarni eng muhim hisoblangan azot yoki fosfor bilan ta'minlaş qobiliyati mavjud. Ösimlik ildizlarida havodagi molekulyar azotni biologik azot (bioazot)ga aylantirib bera oladigan juda köplab bakteriyalar yaşaydi. Ular umumiy nom bilan azot özlaştiruvçi bakteriyalar deb nomlanadi. Tuproqda bu bakteriyalar qançalik köp bölsa tuproq şunçalik unumdor, hosildorlik şunçalik yuqori böladi.
Xorijda bu bakteriyalar asosida tayyorlangan köplab bioöğitlar keng qöllaniladi. Masalan, Hindiston, Pokiston, Xitoy, AQŞ yoki Yevropa davlatlarida azot özlaştiruvçi bakteriyalar asosidagi bioöğitlar uzoq yillardan beri işlatiladi. Birgina Xitoy tajribasini olaylik. Xitoyning ayrim hududlarida paxtadan gektariga örtaça 70-80 sentner hosil olinadi. Sabablariga töxtalsak, birinçidan, ziç ekiladi, ikkinçidan, mineral öğitlar bilan bir qatorda bioöğitlar köp qöllaniladi.
Paxta yetiştiradigan AQŞ, Misr yoki Avstraliyada ham bioöğitlar mineral öğitlar bilan birgalikda qöllaniladi. Bangladeş, Hindiston yoki Vetnamda fermerlar faqat bioöğitlar yordamida hosil olişlari ma'lum.
Biologik öğitlarning afzal tomoni – ularning öta arzonligi, ekologik muqobilligi va tez ta'sir etişidir. Bundan taşqari, bioöğitlar mineral öğitlarning ösimlikka tez singişi yoki özlaşişiga katta yordam beradi. Tajribadan ma'lum, NPKning 10-15 foiz me'yori va bioöğit suspenziyasi yordamida buğdoy yoki paxtadan an'anaviy usulga qaraganda ikki marta köp hosil oliş mumkin.
Bioöğitlarning yana bir afzal tomoni – ular tuproqlarning biologik potensiali va holatini tiklaydi. Buning sababi oddiy: asosan, tuproq tarkibidagi foydali mikroorganizmlardan tayyorlanadi. Xuddi öşa mikroorganizmning bir hujayrasi milliard martagaça köpaytirilib, tuproqning öziga qaytariladi. Tuşuniş uçun birgina misol keltiriş mumkin. Aytaylik, tuproqda azot özlaştiruvçi bitta hujayra bor. Öşa hujayra bir molekula azotni olib ösimlikka beradi. Biz esa xuddi öşa hujayrani milliard marta köpaytirib tuproqqa qaytaramiz. Demak, havodan milliard molekula azot özlaşib biologik azotga aylanadi va ösimlikka yetkaziladi.
Mavzuga oid
«Qişloq xöjaligimizda haligaça mikroorganizmlar samarasi anglab yetilgani yöq»
Qişloq xöjaligimiz haligaça ösimlikning ösişi va rivojlanişida mikroorganizmlarning örnini töliq anglab yetgani yöq. Biz faqat ösimlik-tuproq tizimini köramiz. Xorij qişloq xöjaligi esa ösimlik-mikroorganizm-tuproq tizimini yölga qöyişni birinçi masala deb biladi.
Sababi aksariyat ozuqa moddalar va tabiiy birikmalar tuproqdan ösimlikka aynan mikroorganizmlar orqali yoki ularning hayot faoliyati tufayli ösimlikka yetkaziladi. Mikroorganizm va ösimlik bir butunlikda işlaydi, yaşaydi. Tuproq mikroorganizmlari ösimlik ildizlarida yaşaydi. Bir söz bilan aytilsa, ösimlik mikroorganizmga makon, vatan hisoblanadi.
Mikrobiologiyada bir jarayon bor – xemotaksis. Bu degani, mikroorganizmlar organik birikmalar tomon harakatlanadi. Ösimlik ildizlari bunday birikmalarga boy. Tabiiyki, tuproq mikroorganizmlari ildiz tomon harakatlanadi va ildizda yaşay boşlaydi. Ular ösimlikning uzoq vaqt yaşaşidan manfaatdor hisoblanadi. Şu bois, ösimlik uçun kerakli barça birikmalarni yetkazib beradi.
Bu öziga xos möjizali jarayon. Ösimlikka azot yetişmasa öziga xos usulda signal uzatadi va azot özlaştiruvçi bakteriyalar işga tuşadi. Birorta zamburuğ ösimlikka tuşib kasallantirsa, yana belgi beradi, yana foydali mikroorganizmlar işga tuşib, öşa zamburuğga qarşi antibiotik yoki antifungal birikmalar hosil qilib, ösimlikni davolaydi. Fosfor yetişmasa ham şu jarayon... Qöyingki, ösimlik köp muammolarini aynan mikroorganizmlar, xususan, foydali bakteriyalar yordamida hal qiladi. Bioöğitlarning mohiyati va işlaş usuli ham aynan şu jarayonlarning inson qöli bilan yaratilgan variantidir.
Foydali bakteriyalarning şu xususiyatlaridan kelib çiqib, qişloq xöjaligida qöllanilayotgan quyidagi turdagi bioöğitlarni körsatişimiz mumkin.
Bioazot
Ösimlikning ösişi va rivojlanişida eng muhim kimyoviy omil - bu azot. Qişloq xöjaligida azot turli şakllarda qöllaniladi: ham kimyoviy, ham biologik. Xorij tajribasida mineral azot örnini bosadigan, biologik azot hosil qiluvçi bakteriyalar va ularning noyob birikmalaridan keng foydalaniladi. Bunday bakteriyalar sirasiga Azotobacter, Azospirillum, Rhizobium, Nostoc, Anabaena turkumiga kiruvçi turlarni kiritiş mumkin. Bu bakteriyalarning barçasi qişloq xöjaligida keng qöllaniladi va ular asosida turli bioöğitlar tayyorlangan.
Uşbu bakteriyalarning afzal tomoni şundaki, mineral azotning örnini töla bosadi, tuproq unumdorligini oşiradi va ösimlikning rivojlanişini 7-14 kunga tezlaştiradi. Aslida, ular qança köp bölsa tuproqning ball boniteti şunçalik yuqori böladi. Özbekiston şaroitida Azotobacterchroococcum bakteriya turini tadqiq etib, uning asosida qator bioöğitlar yaratganmiz.
Biofosfor
Bakteriyalarning yana öziga xos xususiyatlaridan biri tuproqlarda erimay (ösimliklarga özlaşmay) qolgan fosforli öğitlarni “eritib”, ösimliklar oson özlaştiradigan şakllarga aylantiradi. Natijada, ösimlikning fosforga bölgan talabi biologik yöl bilan qondiriladi. Nima uçun erimaydigan fosfor? Sababi, qişloq xöjaligida qöllanilayotgan fosforli öğitlar yaxşi erimaydi, demak, öğitlar tarkibidagi fosfor ösimlikka özlaşmaydi.
Fosfor ösimlik rivojlanişidagi ikkinçi muhim kimyoviy omil hisoblanadi. Azot bölsa-yu fosfor yetişmasa ham közlangan hosil bölmasligi ilmiy tasdiqlangan haqiqat. Tuproqlarda erimaydigan fosforli öğitlarni oson özlaşuvçan şakllarga ötkaza oladigan bakteriya turlaridan foydalaniş tuproq unumdorligi va hosildorlikni bir neça baravar oşirişi mumkin.
Biofungitsid
Özbekiston qişloq xöjaligida eng oğriqli masala ekinlarda turli kasalliklarning keskin avj olib ketgani hisoblanadi. Qaysi ekin turini olmang, unda, albatta, virusli yoki zamburuğli kasallik bor. Köp ekiladigan ğöza yoki buğdoyning özida qança kasallik! Masalan, ğözaning Fusariumoxysporum f.sp.vasinfectum, Verticilliumdahliae va Fusariumsolani kabi patogen zamburuğlar bilan kasallanişi natijasida çigit qadalib çin barg hosil qilguniga qadar qurib qolyapti.
Mana şu uç turdagi kasallik sabab katta maydonlarda çigit qaytadan ekilmoqda. Fusariumoxysporum f.sp.vasinfectum bargda, Verticilliumdahliae poya töqimalarida, Fusariumsolani ildiz böğzida rivojlanib, ğözani ikki barg çiqarişiga ulgurmay nobud qilmoqda. Afsuski, biz bu zamburuğlarning qaysi turga mansubligi, fiziologiyasi va boşqa tabiiy xususiyatlarini örganmay agroximikatlarni qöllaymiz. Öşa agroximikat töğri keladimi-yöqmi, farqiga bormaymiz. Bu kasallik, ayniqsa, Buxoro viloyatining qator tumanlari, jumladan, Olot, Jondor, Romitan kabi tumanlarida juda avj olib ketgan.
Yana bir paradoks. Bu zamburuğlarga qarşi turli fungitsidlarni qöllayapmiz. Lekin hozir bu zamburuğlarning, ayniqsa, Fusariumoxysporum f.sp.vasinfectum’ning şunaqa populyatsiyalari (avlodlari) hosil bölganki, ular fungitsidlar tarkibidagi ta'sir etuvçi moddani parçalay oliş xususiyatiga ega.
Oldingi çiqişlarimda ham aytganman. Ilmiy-tadqiqot işlarimizda ham kuzatganmiz, mikroorganizmlar pestitsidlarni parçalay olişi isbotlangan. Biz qançalik fungitsidni köp işlataversak, bu zamburuğlarning moslaşuvçanligi va agressivligi (ösimlikka nisbatan tajovuzkorligi) şunçalik ortib boraveradi.
Ikkinçi muhim jihat. Kasallik keltirib çiqaruvçi patogen zamburuğlarning aksariyati (buğdoy zangidan boşqa) tuproqlarda spora holatida saqlanadi. Biz tuproqni zamburuğlardan tozalaş örniga, ösimlikka “ilaşib” çiqqan qismiga qarşi kuraşamiz. Bu öta notöğri strategiya. Qandaydir çora-tadbirlar körib hosilning qançadir qismini saqlab qolarmiz, lekin potensial xavf tuproqda qolaveradi. Xavfning özini yöqotmas ekanmiz, keyingi mavsumlarning hosilini yöqotaveramiz.
Şu örinda savol tuğilişi tabiiy. Nega qişloq xöjaligida patogen mikroorganizmlar – kasalliklar köpayib ketdi? Biz qişloq xöjaligida mineral öğitlarni haddan taşqari köp işlatişimiz natijasida, aynan foydali bakteriyalar uçun tuproqlarda sun'iy stress holatini yaratdik. Nega aynan bakteriyalar uçun? Nega zamburuğlar uçun emas? Buni bakteriyalar va zamburuğlarning hujayra tuzilişi asosida tuşuntiriş mumkin.
Bakteriyalar prokariotlar hisoblanadi, ya'ni ularning hujayrasi sodda tuzilgan, hujayra devori unçalik mustahkam emas. Zamburuğlar esa, prokariotlar, bakteriyalarga qaraganda ança murakkab tuzilişga, demak, himoya tizimiga ega. Mineral öğitlar, aslida, şörlangan tuproqlardagi şörga öxşab, tuz! Ular ham suvda eriganda şör stressini hosil qilişi mumkin.
Aynan mana şu holat natijasida tuproqlarda bakteriyalar kamayib, zamburuğlar köpayib ketgan, deyiş mumkin. Bakteriyalarning tabiatdagi yana bir vazifasi – biologik nazorat edi. Ular patogen zamburuğlarning köpayişiga yöl qöymasdi. Almaşlab ekişni eslang. Nega şu usul qöllanardi? Birinçidan, azot özlaştiruvçi bakteriyalarni köpaytiriş orqali tuproq unumdorligini oşiriş, söng köpaygan bakteriyalar yordamida kasalliklarni kamaytiriş. Mana şu omillar hisobiga, qişloq xöjaligida zamburuğ tabiatli kasalliklar juda köpayib ketdi. Virusli kasalliklar haqida ham şunday fikr bildiriş mumkin.
Fitopatogen mikroorganizmlarga qarşi kuraşning biologik yeçimi bor. Öşa zamburuğlar, aytaylik, Fusariumoxysporum f.sp.vasinfectum, Verticilliumdahliae yoki Fusariumsolani’ning tabiiy kuşandalari – antagonistlari bölgan bakteriyalar mavjud. Masalan, Bacillus subtilis turiga mansub bakteriyani olaylik. Bu bakteriya aksariyat zamburuğlarning tabiiy kuşandasi hisoblanadi va şu bakteriya ştammlari asosida köplab biopreparatlar taklif etilgan.
Bunday biopreparatlarning qöllanişi qişloq xöjaligida fungitsidlar sarfini keskin kamaytiradi, rentabellikni oşiradi. Şu örinda aytib ötiş lozim, qişloq xöjaligida rentabellikni keskin oşirişda biologik dehqonçilik katta yordam berişi isbotlangan.
Qişloq xöjalik ekinlarini zararli mikroorganizmlardan himoya qilişning kimyoviy yeçimi yöq! Yana eng yomoni – bu zamburuğlar yerdagi ösimliklardan daraxtlarga köça boşladi. Birinçi qavatdan ikkinçi qavatga migratsiya boşlandi. Natijada, köp boğlar qurib, buzib taşlandi. Bunday şaroitda agressiv mikroorganizmlarga ularning tabiiy kuşandalari bilan qarşi kuraş yordamida muammoni yeçiş mumkin. Açinarlisi şundaki, qişloq xöjalik xodimlarining aksariyati kimyoviy usulni yoqlaydi va qöllanayotgan agroximikatlarning miqdorini yildan yilga oşirişni taklif etadi.
Bioinsektitsid — qişloq xöjaligida kimyoviy vositalar örnida qöllaş mumkin
Turli haşarotlar bilan qişloq xöjalik ekinlari va hosilning nobud bölişi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Yuqorida aytib ötilganidek, haşarotlarga qarşi kuraş uçun turli-tuman agroximikatlar qöllaniladi. Lekin haşarotlarning ham tabiiy kuşandasi bor – Bacillusthuriengensis bakteriyasi. Bu bakteriya turi haşarotlarning tabiiy qalqoni – xitinni teşiş yoki ularga zararli ta'sir etuvçi moddalar – toksinlar hosil qiliş xususiyatiga ega. Bacillusthuriengensis bakteriyasi asosida biopreparatlar taklif etilgan. Ulardan qişloq xöjaligida kimyoviy vositalar örnida qöllaş mumkin.
Qişloq xöjaligida biologik dehqonçilik işlarini qöllaş, birinçidan, daromadning oşişiga katta yordam beradi. Çunki qimmat mineral öğitlar, stimulyatorlar örniga arzon biologik öğitlar yoki biostimulyatorlardan foydalaniş mumkin. Ikkinçidan, ekologik toza. Qişloq xöjaligida qöllanayotgan mineral öğitlar va agroximikatlar röyxatiga bir qarasak, tasavvurimiz yana kengayadi.
Biologik dehqonçilikka hozir hukumat darajasida e'tibor qaratilmoqda. Bu boradagi ilmiy işlanmalar qöllab-quvvatlanmoqda. Ana şunday işlanmalarimizdan biri “Bioazot” bioöğitini Özbekiston Respublikasi Prezidentining 3855-sonli Qaroriga muvofiq işlab çiqariş boşlandi.
Kelajakda bizda ham biologik dehqonçilikka ötilişiga şubham yöq. Sababi, iqtisodiy va ekologik şaroitlar bizni şunga majbur qilmoqda.