Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXA maxsus stiker masalasida qo‘shimcha ma'lumot berdi
Yetkazib berish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun stiker zarurligi masalasida Davlat xizmatlari agentligiga kelib tushgan murojaatlarga javob berildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Foto : KUN.UZ
DXA matbuot xizmati rahbari Sevara Zokirovaning ma'lum qilishicha, respublika maxsus komissiyasining 8 iyuldagi 33-son bayonida stiker berish qaytadan boshlanishi belgilanmagan, avval berilgan stikerlar amaldaligi ko‘rsatib o‘tilgan.
«Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatida yetkazib berish xizmati (keytering) tashkilotlarining avtotransport vositalari (firma avtomobili) kiritilgan. Shu sababli, faoliyat turingizni tasdiqlash uchun korxonaning ta'sis hujjatlarini olib yurish tavsiya etiladi», - deydi u.
Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 2020 yil iyundagi 33-son majlis bayoniga asosan, o‘rnatilgan karantin davrida avtotransport vositalari harakatlanishi uchun Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin cheklovlari amal qilish davrida qo‘llaniladi.
«Maxsus komissiyaning yuqoridagi qarorida avtotransportda harakatlanishi uchun berilgan stiker-ruxsatnomalarni avtotransport vositasi almashganda (sotilganda, nosoz yoki yaroqsiz holga kelib qolganda va hokazo) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan qayta rasmiylashtirilishi nazarda tutilmagan», - deya qo‘shimcha qildi Zokirova.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

16:35 / 16.01.2023
Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari fuqarolarga yordam rejimiga o‘tkazildi

08:57 / 28.11.2022
Statistika ma’lumotlarini davlat xizmatlari markazlari orqali olish yo‘lga qo‘yiladi

14:50 / 16.09.2022
Uchta nafaqani tayinlashda yugur-yugurlarga barham beriladi. Boshqa nafaqa va pensiyalar-chi?

15:53 / 08.09.2022