– Kimlar heç qayerga murojaat qilmasdan nafaqalarini olişi mumkin?
– Prezidentning 74-sonli farmoniga asosan joriy yil 1 oktyabridan boşlab respublikada ilk bor nafaqa tayinlaşda proaktiv tizim joriy etilmoqda. Bu nafaqa tayinlaş uçun fuqarolar heç qayerga murojaat qilişi şart bölmagan tizimdir. Pensiya jamğarmasi tomonidan tayinlanadigan 8 turdagi nafaqadan 3 turi proaktiv tizimga ötkazilyapti. Bular:
- 18 yoşgaça nogironligi bölgan bolalarga nafaqalar;
- 18 yoşgaça nogironligi bölgan bolalarni parvarişlovçi ota-onalar va vasiylarga tayinlanadigan parvarişlaş nafaqasi;
- OITS bilan kasallangan 18 yoşgaça bolalarning ota-onalariga nafaqalar.
Bugungi kunda uşbu 3 turdagi nafaqalarga murojaatlar 70 mingdan ortiq va bu öz-özidan 70 ming fuqaroning ortiqça ovoragarçiliklari bartaraf etilişini anglatadi.
– Özi bugungi kunda bu nafaqalarni tayinlaş qanday amalga oşiriladi-yu, yangi tizim bilan nimalar özgaradi?
– Bugungi kunda yuqoridagi toifa nafaqa oluvçilari birinçi bölib tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligining tuman va şahar bölimlariga murojaat qiladilar va ularga 18 yoşgaça nogironlik belgilanadi. Belgilangandan söng, yaqin qarindoşlari – ota-onasi yoki vasiysi tomonidan davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali pensiya jamğarmasiga elektron murojaat yuboriladi. Murojaatga asosan pensiya jamğarmasining dasturiy ta’minoti avtomatik tarzda uşbu fuqaroga nafaqa tayinlar edi.
Ana endi 1 oktyabrdan boşlab örtadagi bir qadam bekor qilinib 18 yoşgaça bolalikdan nogironlik nafaqasi ma’lumotlar bazaga kiritilişi bilan tayinlanadi. Ya’ni tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligining tuman va şahar bölimlari tomonidan dasturiy ta’minot orqali nafaqani oluvçi ( ota-ona yoki vasiy) hamda nogironligi bölgan fuqaro haqidagi ma’lumotlar pensiya jamğarmasiga avtomatik yuborilgaç, pensiya jamğarmasining axborot tizimi inson omilisiz 20-30 soniyada nafaqa tayinlaydi. Şundan keyin dastur fuqaroga nafaqa tayinlanganligi töğrisida sms-xabar yuboradi. Ya’ni endi fuqarolar ortiqça ovoragarçiliksiz, qoğoz şaklidagi hujjatlarni kötarib, idorama-idora yurişlari bartaraf etildi.
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligining tuman va şahar bölimlari özining dasturiy ta’minotlari orqali nogiron bolaning ma’lumotlari va nafaqani oluvçi – ota-onasi, vasiysi yoki yaqin qarindoşlarining ma’lumotlarini qöşib pensiya jamğarmasi axborot tizimiga jönatadi. Pensiya dasturiy ta’minoti avtomatik tarzda şu fuqaroga nafaqa tayinlaydi.












