Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida boshqa manzilga yuborilgan jarimalar bekor qilinib, mas'ullarga xizmat tekshiruvi belgilandi – YHXBB
Joriy yilning 11 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tezlikni me'yoridan oshirib transport vositasini boshqarganlik bo‘yicha chiqarilgan qaror suratlari tarqaldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, suratlar o‘rganilganda Toshkent viloyati IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21 yanvar kuni soat 10:52da Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 70-71 kilometrlari oralig‘ida, tezlik 70 km/s bilan chegaralangan yo‘lda “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi 79 km/s tezlik bilan harakatlangan va bu maxsus moslama orqali qayd etilgan. Qayd etish vaqtida avtomatik tarzda davlat raqam belgisidagi 6 raqami 5 bo‘lib qayd etilgan. Mas'ul nazoratchining e'tiborsizligi sabab, ushbu jarima “SINOTRUK HOWO” rusumli yuk avtomashinasi mulkdorining yashash manziliga yuborilgan.
Joriy yilning 7 noyabr kuni soat 22:09da Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 78-79 kilometrlari oralig‘ida, tezlik 70 km/s bilan chegaralangan yo‘lda “Captiva” rusumli avtomobil haydovchisi 116 km/s tezlik bilan harakatlangan va bu maxsus moslama orqali qayd etilgan. Qayd etish vaqtida avtomatik tarzda davlat raqam belgisidagi 2 raqami 7 bo‘lib qayd etilgan. Mas'ul nazoratchining e'tiborsizligi sabab, ushbu jarima “HONDA ELYSION” rusumli avtomobil mulkdorining yashash manziliga yuborilgan.
Ayni vaqtda ushbu qoidabuzarliklar yuzasidan “SINOTRUK HOWO” rusumli yuk avtomashinasi mulkdori Sh.X. va “HONDA ELYSION” rusumli avtomobil mulkdori “TERMIZ SOHILI XK”ga nisbatan belgilangan jarima solish to‘g‘risidagi qarorlar belgilangan tartibda bekor qilindi.
Shuningdek, ushbu xatolikka yo‘l qo‘ygan nazoratchi mas'ullarga nisbatan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 13:45
-
Ye3 davlatlari G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 13:32
-
Buxoroda sifatsiz g‘isht ishlatilgan qurilish buzib tashlandi
Ko‘chmas mulk | 13:07
Mavzuga oid

13:45
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi

08:23 / 24.07.2025
Rossiya dumasi «ekstremistik materiallar»ni qidirganlik uchun jarimalarni tasdiqladi

15:28 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi

17:34 / 17.07.2025