Buxoro viloyati Buxoro tumanida qurilayotgan savdo va maişiy xizmat körsatiş markazi hamda kottejlardan iborat obektda nazorat tadbirlari ötkazildi, deya xabar berdi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasi axborot xizmati.
Örganişlar davomida, obektda qöllanayotgan ğişt mahsulotlari laboratoriya şaroitida tekşirilganda, amaldagi me’yoriy talablarga javob bermasligi, sifati past va yaroqsiz ekani aniqlangan.
«Aniqlangan holat yuzasidan quriliş işlari töliq töxtatilib, talabga javob bermaydigan quriliş qismlari töliq buzdirildi. Inspeksiya tomonidan quriliş sifatini ta’minlaş, şuningdek, sifatsiz va talabga zid holatlarning oldini oliş böyiça nazorat tadbirlari izçil davom ettirilyapti» deyiladi xabarda.













