Toşkent viloyatining Piskent tumanida bank kassiri haydovçilarning jarima uçun tölagan pulini özlaştirib yuborgani aniqlandi. Bu haqda Kun.uz’ga murojaat yöllagan fuqaro ma’lum qildi.
Unga köra, jarima pullarini özlaştirgani aytilayotgan S.Nazarova Piskent tumani YHXB binosidagi bank şoxobçasida işlagan.

Fuqaro Umid Qodirov 2024 yil 26 dekabr kuni Lacetti maşinasida tezlikni oşirib, radarga tuşgan. Unga 375 ming söm jarima yozilgan. Haydovçi jarimani çegirma bilan tölagan. Biroq u tölagan pul mablaği şoxobça kassiri tomonidan özlaştirib yuborilgan.
“3 ta tölangan jarimam bor edi. MIB kartamga va mulkimga taqiq qöyib qöydi. Suriştirsam men kabilar yuzlab ekan. 6 oydirki sarsonman. Tergov 6 oy surilib, ança jabr kördik. Suddan keyin nima bölarkin, yana 6 oy yurmasmikanman, degan şubha bor-da”, deydi Umid Qodirov.
Piskent tumani prokuraturasi fuqaro Umid Qodirovning murojaatiga javoban S.Nazarova va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilayotganini bildirgan.

Kassir va boşqalar qança miqdordagi jarima pullarini özlaştirişgani hozirça ma’lum emas. Kun.uz jinoyat işi tafsilotlari bilan qiziqib, Toşkent viloyati prokuraturasiga sörov yubordi.

















