21:53 / 01.12.2020
13878
Lavrov Sanduning Dnestrbo‘yidan Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketish to‘g‘risidagi talabiga javob qaytardi

Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tinchlikparvar kuchlari Dnestrbo‘yida YeXHT ma'qullagan «5+2» guruhi qaroriga asosan bo‘lib turibdi.

Foto: TASS

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moldovaning saylangan prezidenti Mayya Sanduning Dnestrbo‘yidan Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketish to‘g‘risidagi talabiga javob qaytardi.

 U Moldovaning yangi rahbarini Dnestrbo‘yida tinchlikparvarlik kuchlarini joylashtirish bo‘yicha ilgari erishilgan kelishuvlarni hisobga olishga chaqirdi. Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tinchlikparvar kuchlari u yerda YeXHT ma'qullagan «5+2» guruhi qaroriga asosan bo‘lib turibdi.

 «Ular eng avvalo ushbu hududda qonli nizoning qayta avj olishi yuz bermasligi uchun muhim hisoblanuvchi barqarorlikni saqlab turish vazifasini bajarmoqda», — dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Avvalroq Mayya Sandu Dnestrbo‘yidan Rossiya qo‘shinlari olib chiqib ketilishi shartligini aytgandi.

Top