Rossiyadagilar nima deyişdi?
RF taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina prezident Vladimir Putinning Novgorod oblastidagi Valday qarorgohiga dronlar bilan hujum uyuştirgani haqida gapirdi. Lavrov bu sözlariga heç qanday dalil keltirmagan. Bu ma’lumot mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
«2025 yil 28 dekabrdan 29 dekabrga ötar keçasi Kiyev rejimi RF prezidentining Novgorod oblastidagi davlat qarorgohiga 91 ta uçuvçisiz uçiş qurilmasidan foydalangan holda terrorçilik hujumini amalga oşirişga harakat qildi», – degan Lavrov Moskvada jurnalistlarga. Uning sözlariga köra, jabrlanuvçilar va yetkazilgan zarar haqida ma’lumot kelib tuşmagan.
RF mudofaa vazirligi Rossiya havo hujumidan mudofaa kuçlari ukrainlarning 91 ta droni urib tuşirilgani, şundan 41 tasi Novgorod oblasti osmonida, 49 tasi – Bryanskda, yana bittasi – Smolensk ustida töxtatilganini ma’lum qilgan.
Lavrov Rossiya bu hodisaga javob qaytarişini aytgan. «Bunday öylovsiz harakatlar javobsiz qolmaydi. RF qurolli kuçlarining javob zarbalari beriladigan obektlar va ularni amalga oşiriş vaqti belgilab olingan», – degan u.
RF TIV rahbari Rossiya muzokaralardagi öz pozitsiyasini özgartirişini ham aytgan:
Uşbu aksiya Ukraina mojarosini hal qiliş böyiça Rossiya va AQŞ örtasidagi qizğin muzokaralar çoğida amalga oşirildi. Biz AQŞ bilan muzokaralar jarayonidan çiqmoqçi emasmiz. Şu bilan birga, davlat terrorizmi siyosatiga ötgan jinoiy Kiyev rejimining yakuniy qayta tuğilişini hisobga olgan holda, Rossiyaning muzokaralar pozitsiyasi qayta körib çiqiladi.
RF prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakovning aytişiça, Vladimir Putin 29 dekabr kuni bölib ötgan telefon muloqoti çoğida bu haqda AQŞ prezidenti Donald Trampga ham xabar bergan. Uşakov Amerika rahbari Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilgani haqidagi ma’lumotdan şokka tuşgan va ğazab otiga minganini aytgan. Uşakovning sözlariga köra, Tramp «bunday telbavor harakatlar»ni hatto taxmin ham qila olmasligi haqida gapirgan.
Ukrainadagilar nima demoqda?
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Lavrovning bayonotini «RFning navbatdagi yolğoni» deb atadi. Uning sözlariga köra, Rossiya bundan Kiyevga zarba beriş uçun bahona sifatida foydalanmoqçi.
«Rossiya Federatsiyasining navbatdagi yolğoni. Keça [28 dekabr kuni] Tramp bilan uçraşuvimiz bölgandi. Tuşunarliki, agar biz bilan Amerika örtasida mojaro çiqmasa, bizda ösiş kuzatilsa – bu ruslar ular uçun muvaffaqiyatsizlik. Çunki ular bu uruşni tugatişni istamaydi. Uni faqat ularga bosim ötkaziş orqali tugatiş mumkin. Menimça, ular tugatmaslik uçun bahona izlagan, bunga işonçim komil», – dedi Zelenskiy jurnalistlarga.












