Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
![](https://storage.kun.uz/source/6/Eif-DeTRJ2Rq5yyAy05fA8_BV90_uoeu.jpg)
Davlat standartining maqsadi maktabgacha ta'lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish hisoblanadi. Uning vazifalari qatorida ta'lim-tarbiya jarayoniga samarali ta'lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda ta'lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga doir majburiy minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etish ham bor.
Maktabgacha ta'lim va tarbiya davlat standartida quyidagilar nazarda tutilgan:
- davlat standartining maqsadi va asosiy vazifalari;
- maktabgacha ta'limning namunaviy o‘quv rejasi;
- davlat standartini joriy etish va uning talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
- davlat standarti komponentlari, xususan:
- ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari;
- maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat o‘quv dasturi;
- davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash normalari.
Davlat standartining asosiy prinsiplari quyidagilar hisoblanadi:
- tarbiyalanuvchining intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
- har bir bolaning, shu jumladan jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolaning maktabgacha ta'lim va tarbiya olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirish imkoniyatining tengligi;
- davlat standartining ta'lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga mosligi;
- maktabgacha ta'limning boshqa ta'lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta'lim mazmunining uzviyligi;
- maktabgacha ta'lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
- maktabgacha ta'limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanganligi;
- xorijiy mamlakatlarning ta'lim sohasida tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish bo‘yicha komissiya tarkibi ham tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
“Psixoximik”ning oilaviy avantyurasi. “Gold terapi”ga aldanganlar nimalarni boshdan kechirdi?
O‘zbekiston | 20:00 / 17.02.2025
O‘zbekistonda iqtisodiy qutblanish kengayib boryapti. Nega?
Iqtisodiyot | 12:05 / 16.02.2025
G‘azoni yegani bo‘rilar keldi. Musulmon dunyosi qani?
Jahon | 17:47 / 15.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 22:38 / 14.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Talabalar ligasi” sport musobaqalari davom etmoqda
Sport | 14:00
-
Ukraina va NATO yangi markazda Rossiya bilan urush tajribasini o‘rganmoqda
Jahon | 13:58
-
G‘azoning tiklanishiga qarshi Isroil, Rossiyadan cho‘chimaslikni ta’kidlagan Tramp va AQSh-Yevropa birligiga ketgan darz - kun dayjesti
Jahon | 13:57
-
Fuqarolarga yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi
O‘zbekiston | 13:44
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/DtG1OmzmgBRYfzXlZkHDQj0Yfg31kMaT_medium.jpg)
10:17 / 03.12.2024
Qo‘shrabotdagi bog‘cha va maktablarda tegishli hujjatlarsiz ilon tomoshalari o‘tkazildi. IIV holatni o‘rgandi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/ZAfJrg6YDjX_5hFDXkBdAfNMEzPf7mO0_medium.jpg)
13:41 / 02.11.2024
Toshkent viloyatida bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/X9WL87dYWtlgGx_v2Hpne_a1lANWjiHj_medium.jpg)
13:23 / 15.10.2024
“Mening bog‘cham” loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/g6RZZxcQZS5B1ljkLv-lIUHAFGbCKtY1_medium.jpg)
11:50 / 01.10.2024