Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘shrabotdagi bog‘cha va maktablarda tegishli hujjatlarsiz ilon tomoshalari o‘tkazildi. IIV holatni o‘rgandi
Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida ikki fuqaro tegishli ruxsatnomasiz ta’lim muassasalarida pul evaziga Qizil kitobga kiritilgan bo‘g‘ma ilon tomoshasini o‘tkazgani aniqlandi. Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida IIV holatni o‘rgandi. Noqonuniy saqlangan yo‘lbars pitoni hujjatlashtirilib, viloyat ekologiya boshqarmasiga topshirilgan.
Foto: Bolalar ombudsmani
Qo‘shrabot tumanida fuqarolar kerakli ruxsatnomalari bo‘lmay turib maktab va bog‘chalarda ilon tomoshasi o‘tkazgani aniqlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 24 oktyabr kuni tumandagi bog‘chada Ishtixon tumanida yashovchi B.M. va I.B. 60 nafarga yaqin tarbiyalanuvchining ko‘z o‘ngida bo‘g‘ma ilon (Qizil kitobga kiritilgan, noqonuniy ravishda saqlangan yo‘lbars pitoni, uzunligi — 2,5 metr) bilan sirk tomoshasi namoyish qilgan. B.M. faoliyat yurituvchi MChJda Qo‘shrabot tumani hududida 2024 yil 31 dekabrgacha zamonaviy sirk tomoshalarini o‘tkazish uchun ruxsatnoma bo‘lsa-da, unda ilon o‘yini ko‘zda tutilmagan.
Tekshirish davomida ushbu shaxslar pul evaziga tumandagi 8 ta maktabda ham mazkur bo‘g‘ma ilon tomoshasini o‘tkazgani aniqlandi. Ularda jami 840 nafar o‘quvchi tomoshabin bo‘lib ishtirok etgan.
26 noyabrda noqonuniy saqlangan yo‘lbars pitoni mutaxassislar ishtirokida hujjatlashtirilib, viloyat ekologiya boshqarmasiga tegishli tartibda topshirilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilib, vaziyatga huquqiy baho berish yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.
Bolalar ombudsmani ta’lim muassasalarida bolalar xavfsizligiga zid ushbu tomoshalarga yo‘l qo‘yganlarga tegishli chora ko‘rish va kelgusida bunday noqonuniy harakatlarning oldini olish yuzasidan mutasaddilar bilan ishlanayotganligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Rossiyaning migratsiya siyosati: integratsiya emas, begonalashtirish...
Jahon | 22:31 / 30.10.2025
Noyabrda qanday ob-havo kutilmoqda?
O‘zbekiston | 20:04 / 30.10.2025
Finlandiya prezidenti Toshkentga UzAirways'ning odatiy reysida uchib keldi
O‘zbekiston | 16:03 / 30.10.2025
Isitish mavsumi qachon boshlanadi?
Jamiyat | 12:03 / 30.10.2025
So‘nggi yangiliklar
-
President Mirziyoyev expected to visit Serbia in early 2026
POLITICS | 17:06
-
Tashkent City Mall Embrass 2025 xalqaro mukofotida "Yil kashfiyoti" deb topildi
O‘zbekiston | 17:00
-
Tartibsiz uy – charchagan ong: ortiqcha buyumlar kayfiyatimizga qanday ta’sir qiladi?
Sog‘lom hayot | 16:51
-
Xitoylik ishbilarmonlar Toshkentda: agrosektor eksportini oshirish muhokama qilindi
O‘zbekiston | 16:45
Mavzuga oid
10:42 / 18.10.2025
Sirdaryoda bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lgan bog‘cha tarbiyachilari ishdan olindi
22:20 / 11.10.2025
Farg‘onada “o‘taketgan vahshiylik” va yana yangi boj - hafta dayjesti
10:58 / 10.10.2025
Jizzaxda ham bog‘cha bolalari ommaviy zaharlandi
19:43 / 07.10.2025