Fuqarolarga yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi.

Foto: Kun.uz
“Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi:
- ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga ular tomonidan tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihalar amalga oshirilishi uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 baravarigacha miqdordagi subsidiyalar;
- o‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan ishsiz fuqarolarni yoki kambag‘al oilalar a’zolarini kasanachi sifatida ishga olgan tadbirkorlarga ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun har bir jalb qilingan kasanachi uchun BHMning 10 baravarigacha miqdordagi 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar;
- kambag‘al oila a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga BHMning 50 baravarigacha miqdordagi 6 oydan 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar;
- kambag‘al oilalarga dehqonchilik va bog‘dorchilik tashkil qilish uchun dehqon xo‘jaliklariga suv quduqlarini burg‘ilash, nasos agregatlarini sotib olish, tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish va elektr tarmoqlarini tortish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan BHMning 200 baravarigacha miqdordagi 5 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar;
- mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yo‘nalishlaridan kelib chiqib, o‘z tajribasini 10 tagacha kambag‘al oilalarga o‘rgatgan va ularga doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashgan tadbirkorlarga har bir kambag‘al oila uchun BHMning 3 baravari, biroq BHMning 30 baravarigacha miqdordagi grantlar.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilon Maskning Grok neyrotarmog‘i Telegram'ga integratsiya qilindi
Fan-texnika | 17:47
-
Rossiyada migrantning raqamli profili joriy qilinadi
Jahon | 17:45
-
"Qonimizga pul tikishyapti”: g‘azoliklar HAMASni haydamoqda
Jahon | 17:36
-
Tramp Rossiya sulh bo‘yicha kelishuvni imzolashni cho‘zayotganini haqida gapirdi
Jahon | 17:29
Mavzuga oid

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

08:43 / 11.02.2025
Yevropa Ittifoqi o‘zining tashqi yordami taqsimotini qayta ko‘rib chiqadi

08:13 / 25.01.2025
AQSh boshqa mamlakatlarga deyarli barcha yordam to‘lovlarini muzlatib qo‘ydi

11:04 / 17.01.2025