15 oktyabr soat 10:00 da “Oçiq budjet” portalida “Mening boğçam” loyihasida ovoz beriş jarayoni boşlandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lum qilişiça, 2025 yilgi davlat investitsiya dasturi asosida yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan boğçalarning 50 foizi ovoz beriş orqali jamoatçilik tomonidan tanlanadi.
Hozirda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi belgilagan röyxat asosida respublika böyiça 451 ta boğça ovozga qöyilgan. Ajratilgan budjet – 397,6 mlrd söm.
Ovoz beriş jarayoni 25 oktyabr 10:00 gaça davom etadi. Xuddi “Taşabbusli budjet” kabi “Mening boğçam”da ham “bir fuqaro – bir ovoz” tamoyiliga amal qilinadi.
Loyihalarga uç xil yöl bilan ovoz beriş mumkin:
- opedbudget.uz portalining veb-sayti orqali;
- portalning mobil ilovasi orqali (Android, iOS);
- Telegram'dagi rasmiy bot orqali.
2025 yilda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan obektlarga aniqlik kiritiş ovoz beriş jarayoni yakunlariga köra, quyidagi ketma-ketlik böyiça amalga oşiriladi:
- har bir tuman va şaharlarda eng köp ovoz töplagan bittadan loyihalarga aniqlik kiritiladi;
- töplangan ovozlar sonidan kelib çiqib, tuman va şaharlardagi eng köp ovoz töplagan loyihalar yuqoridan pastga saralanadi;
- har bir hudud böyiça (Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri) ajratilgan limit doirasida eng köp ovoz töplagan loyihalar tanlab olinadi.
Agar tuman (şahar)larda bir neçta loyihalar bir xil ovoz töplasa, eng yuqori körsatkiçni birinçi bölib qayd etgan loyiha tanlab olinadi.

















