Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta'lim inspeksiyasi: Hozirgi test tizimi faqat xotirani aniqlashga qaratilgan
2 mart kuni AOKAda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda qatnashgan inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosari Odil Qo‘ysinov amaldagi test sinovlari, joriy etilayotgan milliy sertifikatsiya tizimi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

2021 yildan boshlab oliy ta'lim muassasalariga qabul qilishda milliy sertifikatsiya tizimi joriy qilinmoqda. Bu tizim 7 ta fandan: birinchi bosqichda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti; rus tili va adabiyoti; qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlaridan, ikkinchi bosqichda kimyo va biologiyadan, uchinchi bosqichda fizika, geografiya va tarix fanlaridan yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur sertifikatni berish uchun tuziladigan test savollari davlat ta'lim standartlariga mos ta'lim o‘quv dasturiga muvofiq Xalq ta'limi vazirligi va Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Buni ishlab chiqishda Angliya, AQSh va Rossiya kabi mamlakatlar test tizimlari o‘rganib chiqilgan. Inspeksiya huzuridagi Milliy tadqiqotlar markazi tomonidan PISA, PIRLS kabi xalqaro tadqiqotlar ham o‘rganilgan.

«Izlanishlar natijasida ma'lum bo‘ldiki, hozirgi test tizimimiz faqatgina xotirani aniqlashga, yod olishga qaratilgan. Shuning uchun OTMga kirmoqchi bo‘lgan abituriyent repetitorlardan ko‘mak izlashi tabiiy. Maktablarda ayni paytda bolalarni izlanuvchanlikka, kreativ yondashuvga undaydigan tizim yo‘lga qo‘yilyapti. Bu tizim orqali bir nechta samarali jarayonlar yo‘lga qo‘yiladi: ta'lim jarayoni qatnashchilarining ta'limga munosabati, test tizimida o‘quv metodikasi va nihoyat ta'lim sifati o‘zgaradi», deydi inspeksiya mutaxassisi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

17:57 / 12.05.2022
Ta’lim inspeksiyasi litsenziyasi bo‘lmagan soxta OTMlarga ishonib qolishdan ogohlantirdi

15:23 / 04.04.2022
O‘qituvchilar attestatsiyasi: Mashmashaga aylangan e’tirozlar va rasmiylar javobi

22:18 / 09.02.2022
Aybdorlarga qat’iy chora ko‘rilishi kerak - Ta’lim inspeksiyasi “Andijoncha tajriba”ni qoraladi

16:46 / 02.02.2022