20:27 / 25.03.2021
7293
Toshkent moliya institutida o‘qish koronavirus sabab masofaviy shaklga o‘tkazildi

Toshkent moliya institutida darslar 26 martdan 8 aprelga qadar (14 kun) masofaviy shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar qildi.

Ta'kidlanishicha, bu koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan.

Xabarga ko‘ra, 2 haftalik masofaviy ta'lim talabalar uchun e'lon qilinmoqda, institut professor-o‘qituvchilari karantin qoidalariga rioya etgan holda vazifalarini olib borishadi.

  • O‘zbekistonda mart oyi o‘rtalariga kelib epidemiologik vaziyat yomonlasha boshladi. SSV ma'lumotiga ko‘ra, 24 mart kuni kunlik o‘sish bo‘yicha yil boshidan buyon eng yuqori natija qayd etildi (138ta yangi kasallanish holati), shuningdek, Toshkent shahrida kunlik kasallanish ko‘rsatkichlari so‘nggi oylarda ilk marta yuzdan oshdi. Poytaxtda koronavirusga chalinish holatlari, asosan, o‘quvchilar, talabalar va tashkilot xodimlari orasida ko‘paygan. 
  • Avvalroq Toshkent transport universitetining Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti talabasida koronavirus aniqlangani sabab fakultet talabalari masofaviy ta'limga o‘tkazilgani xabar qilingandi. Shuningdek, Toshkentdagi Inha universiteti talabasida koronavirus aniqlangani sabab ikki hafta karantinga yopilgandi.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top