15:47 / 05.04.2021
3721
O‘zbekiston aeroportlari asosiy yig‘im va tariflarni 27 foizga pasaytirmoqda

“Uzbekistan Airpors” AJ 2021 yil 15 apreldan havo kemalariga xizmat ko‘rsatish uchun yig‘im va tariflarni pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deyiladi Transport vazirligi tarqatgan ma'lumotda.

Asosiy yig‘im va tariflar o‘rtacha 27 foizga pasaytirilib, O‘zbekiston Respublikasi aeroportlariga muntazam yo‘lovchi reyslarini bajaradigan xorijiy aviakompaniyalar uchun qo‘llaniladi.

Pasaytirilgan yig‘im va tariflar xalqaro aviatsiya ma'lumotnomalarida e'lon qilindi, bu bilan IKAOga a'zo bo‘lgan 190dan ortiq mamlakat va AIPdan foydalanuvchi barcha aviakompaniyalar O‘zbekiston aeroportlarida qo‘llaniladigan tariflar haqidagi ma'lumotlarga ega bo‘lishi uchun imkoniyat yaratildi.

“Qabul qilingan qaror O‘zbekiston aeroportlarining raqobatbardoshligini ta'minlash, turizmni rivojlantirish va ishlar samaradorligini rag‘batlantirish, aholi uchun havo transportidagi tashishlarni yanada arzon qilish uchun zamin yaratadi”, deydi “Uzbekistan Airpors”AJ boshqaruvi raisi Ra'no Jo‘rayeva.

Top