«Amirsoy» yo‘lidagi daraxtlar boshqa joyga ko‘chiriladi

Foto: KUN.UZ
"Amirsoy" yo‘li yoqasidagi daraxtlarni ko‘chirish uchun hudud tanlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Ozod Rajabov ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti majmuasiga yo‘lovchilar oqimi ko‘payganda yuzaga kelayotgan noqulayliklar va tirbandliklar sabab shunday qarorga kelingan hamda bu jarayonlar ekologlar kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.
“Shu masalada o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayonida ham juda zarurat bo‘lganda daraxtlarni boshqa joyga ko‘chirish mumkinligi talabi qo‘yilgan. Aniqlanishicha, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti majmuasiga olib boruvchi avtomobil yo‘lining kengaytiriladigan qismida har xil manzarali va mevali daraxtlar jami 214ta ekani aniqlangan. Shundan, 58 tup shumtol, 33 tup zarang, 20 tup tut, 22 tup yong‘oq, 37 tup yapon saforasi, 44 tup mojjyevelnik bor. Ushbu mevali daraxtlarning o‘lchamlari 10 sm.dan 25 sm.gacha bo‘lib, 7-8 yoshli daraxtlar hisoblanadi.
Bugungi kunda ushbu nihollar ko‘chirib o‘tkaziladigan hududni tanlash ishlari olib borilmoqda. Agar yo‘l qurilishida zaruriyat tufayli ulardan qaysisini ko‘chirib o‘tkazish lozim topilgan taqdirda, ularning ildiz qismiga shikast yetkazmagan holda 50, 60 sm tuproq qatlami bilan ko‘chirib o‘tkaziladi”, dedi Ozod Rajabov.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

15:40 / 24.06.2025
Chilonzorda yana daraxtlar kesildi. Ekologiya organi sukutda

09:10 / 02.06.2025
O‘zbekistonda 2030 yilgacha yashillik darajasi 30 foizga yetkaziladi

14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi

10:28 / 16.05.2025