Ekologiya vazirligi qayd etişiça, Özbekistonda ekologik barqarorlikni ta’minlaş, aholi uçun qulay yaşaş muhitini şakllantiriş maqsadida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida kökalamzorlaştiriş işlari olib borilmoqda.

Xususan, 2025 yilning bahorgi mavsumida mamlakat böylab jami 136 million tup daraxt va buta köçatlari ekildi. Bu boradagi işlar davlat rahbari tomonidan 2021 yilda ilgari surilgan “Yaşil makon” loyihasi asosida tizimli ravişda amalga oşirilmoqda. Loyiha doirasida keyingi beş yilda har yili 200 million tupdan daraxt va buta köçatlari hamda qalamçalarini ekiş, respublika hududlaridagi yaşillik darajasini 30 foizga yetkaziş maqsad qilib olingan.

Ekologiya vazirligi huzuridagi Örmon va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantiriş hamda çöllanişga qarşi kuraşiş boşqarmasi ma’lumotlariga köra, 2021 yil kuz mavsumida 86 million, 2022 yilda 203 million, 2023 yilda 220 million, 2024 yilda esa 227 million tup daraxt va butalar ekilgan. Umumiy hisobda sönggi tört yilda respublika miqyosida 872 million tup daraxt va buta köçatlari hamda qalamçalari ötqazilgan.