Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hozirgi avlod nimani o‘qishini tushunmayman - xalq ta'limi vaziri
«Oldinlari hammamiz yotib olib kitob o‘qirdik. Hozirgi avlod nimani o‘qishini men tushunmayman. Masalan, men feysbukda yozdim deylik. Tahlilni yosh bo‘yicha qaraydigan bo‘lsam, feysbukda bizni o‘qiyotganlar asosan 40 yoshdan yuqori bo‘lib chiqyapti», - dedi Sherzod Shermatov.
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Toshkent 5 tashabbus harakati» doirasida yoshlar bilan ochiq muloqotda kitobxonlik borasida so‘z yuritdi.
«Bolalarimiz, afsuski, kitob o‘qishga uncha qiziqmay qo‘ydi. Hozir telefonlar rivojlanib ketganidan keyin bolalar sayoz bilimli bo‘lib qolishgan. Oldinlari hammamiz yotib olib kitob o‘qirdik. Hozirgi avlod nima o‘qishini men tushunmayapman. Masalan, men feysbukda yozdim deylik. Tahlilni yosh bo‘yicha qaraydigan bo‘lsam, feysbukda bizni o‘qiyotganlar asosan 40 yoshdan yuqori bo‘lib chiqyapti. Keyingisi tvitter deydigan bo‘lsak, uni ham ko‘p bolalar o‘qiyotgani yo‘q. Umuman teksti yo‘q, o‘qimaydigan instagram desa, bilmadim, uni ham ko‘rishmayapti hozir. O‘zi hozirgi yoshlar nimani o‘qiyapti?» dedi u.
Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, kitob targ‘ibotini bolalarga qanday yetkazish mumkinligi masalasida barchaning fikri muhim.
«Nima qilsak, yoshlarga ko‘proq o‘zimizning axborotlarni yetkazamiz? OAV xafa bo‘lmasin, yoshlar hamma OAVni ham ko‘rmayapti. Lekin bir-biri bilan gaplashyapti. O‘zi qayerdandir ma'lumot olyapti. O‘zi yangiliklar qilib, nimadir tashkil qilyapti», - dedi vazir.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

18:19 / 13.02.2025
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin

14:40 / 24.10.2024
“Ko‘proq ingliz tilida kontent qiling” – Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun tavsiya berdi

10:38 / 29.09.2024